MDH mamlakatlari o‘yinlarini o‘tkazish sanasi ma’lum bo‘ldi

© Foto : Press-slujba pravitelstva Kirgizstana / Sabir AilchiyevVtorie Igri stran SNG proydut v Belarusi
Vtorie Igri stran SNG proydut v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Ikkinchi MDH davlatlari o‘yinlari Belarusning to‘qqizta shahrida sportning 20ta turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Ikkinchi MDH davlatlari o‘yinlari 2023-yil 3-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Belarus davlatining sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk ma’lum qilishicha, II MDH davlatlari o‘yinlari mamlakatning to‘qqizta shahrida o‘tkaziladi.
O‘yinlar dasturiga binoan:
Minskda sportning voleybol, badiiy gimnastika, yengil atletika, sohil futboli, sohil voleyboli, zamonaviy beshkurash va o‘q otish bahslari;
Grodno shahrida 3x3 basketbol va og‘ir atletika musobaqalari;
Soligorskda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi;
Brest shahrida qo‘l to‘pi;
Orsha shahrida basketbol va tay-boks;
Borisov shaharchasida mini-futbol;
Mogilevda suzish hamda kamondan otish;
Jlobinda dzudo va sambo bellashuvlari o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, MDH davlatlarining birinchi o‘yinlari o‘tgan yilning sentabrida Tatariston poytaxti Qozonda bo‘lib o‘tgandi. Unda O‘zbekiston sport delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush, 35 ta bronza, jami 90 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Yangiliklar lentasi
0