Abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar jamlangan maxsus bot ishga tushirildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishPriyemnaya kampaniya
Priyemnaya kampaniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Maxsus botda fanlar majmuasi, qabul kvotalari, o‘tish ballari kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Abituriyentlar uchun kerakli ma’lumotlarni o‘zida jamlagan maxsus bot ishga tushirildi.
@eduuzuniversalbot manzilida quyidagi ma’lumotlarni topish mumkin.
Bakalavr:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
O‘tish ballari—2021 (hududlar, yo‘nalishlar kesimida).
Magistratura:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
O‘tish ballari—2021 (OTM kesimida).
Shuningdek, xorijiy hamda nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2022-yil uchun o‘tish ballari, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar haqida ma’lumot, ularga yangi o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul kvotalari hamda fanlar majmuasini bilib olish ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ochiq maydonda o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0