https://oz.sputniknews.uz/20220706/opek-bosh-kotibi-vafot-etdi-25940739.html
OPEK bosh kotibi vafot etdi
OPEK bosh kotibi vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
OPEKning nigeriyalik bosh kotibi Muhammad Barkindo 63 yoshi vafot etdi. 06.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-06T12:58+0500
2022-07-06T12:58+0500
2022-07-06T12:58+0500
dunyoda
muhammad barkindo
opek
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/06/25939606_0:0:2945:1657_1920x0_80_0_0_05854bb4c32ce13dced385df76758d4b.jpg
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Kecha, 6-iyul kuni Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) bosh kotibi Muhammad Barkindo vafot etdi. Bu haqda Nigeriya milliy neft korporatsiyasi (NMNK) rahbari Mele Kari xabar berdi.Muhammad Barkindo 63 yoshda edi.“Biz hurmatli Muhammad Sanusi Barkindoni yo‘qotdik. U kecha, 2022-yil 5-iyul kuni taxminan soat 23:00 da vafot etdi. Albatta, bu uning yaqin oilasi, NMNK, mamlakatimiz Nigeriya, OPEK va jahon energetika hamjamiyati uchun katta yo‘qotish. Dafn marosimi tafsilotlari tez orada e’lon qilinadi”, deb yozdi Kari Twitter’dagi sahifasida.Barkindoning so‘nggi shov-shuvli bayonotlaridan biri Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan neft hajmini to‘ldirishga qodir quvvatlar yo‘qligi haqidagi so‘zlari edi. Uning so‘zlari Rossiyaga qarshi qator sanksiyalar, jumladan, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar joriy etilishi fonida yangragan edi. OPEK rahbari Rossiya neft-gaz kompleksiga qarshi sanksiyalar jahon bozori uchun katta salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlagan.Barkindo 2016-yilning avgustidan beri OPEK bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bundan tashqari, u 15-yil davomida OPEK iqtisodiy komissiyasining Nigeriya a’zosi bo‘lgan va 23-yil davomida NMNKda ishlagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/06/25939606_216:0:2945:2047_1920x0_80_0_0_549744c6018d54ab261a578e1f04387f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, muhammad barkindo , opek
dunyoda, muhammad barkindo , opek
OPEK bosh kotibi vafot etdi
OPEKning nigeriyalik bosh kotibi Muhammad Barkindo 63 yoshi vafot etdi.
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Kecha, 6-iyul kuni Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) bosh kotibi Muhammad Barkindo vafot etdi. Bu haqda Nigeriya milliy neft korporatsiyasi (NMNK) rahbari Mele Kari
xabar berdi. Muhammad Barkindo 63 yoshda edi.
“Biz hurmatli Muhammad Sanusi Barkindoni yo‘qotdik. U kecha, 2022-yil 5-iyul kuni taxminan soat 23:00 da vafot etdi. Albatta, bu uning yaqin oilasi, NMNK, mamlakatimiz Nigeriya, OPEK va jahon energetika hamjamiyati uchun katta yo‘qotish. Dafn marosimi tafsilotlari tez orada e’lon qilinadi”, deb yozdi Kari Twitter’dagi sahifasida.
Barkindoning so‘nggi shov-shuvli bayonotlaridan biri Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan neft hajmini to‘ldirishga qodir quvvatlar yo‘qligi haqidagi so‘zlari edi. Uning so‘zlari Rossiyaga qarshi qator sanksiyalar, jumladan, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar joriy etilishi fonida yangragan edi. OPEK rahbari Rossiya neft-gaz kompleksiga qarshi sanksiyalar jahon bozori uchun katta salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlagan.
Barkindo 2016-yilning avgustidan beri OPEK bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bundan tashqari, u 15-yil davomida OPEK iqtisodiy komissiyasining Nigeriya a’zosi bo‘lgan va 23-yil davomida NMNKda ishlagan.