Nukusdan Moskva va Oqtovga amalga oshiriladigan parvozlar jadvali o‘zgardi

© unsplash/Sardorbek UsmonovAeroport Tashkenta
Aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Uzbekistan Airwaysning Nukus xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriluvchi xalqaro aviaqatnovlar jadvalida o‘zgarish sodir bo‘ldi.

Nukus - Moskva - Nukus

5 iyuldan 29-iyulgacha Nukus-Moskva-Nukus yo‘nalishidagi parvozlar Urganch - Moskva - Urganch yo‘nalishida Urganch xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladi. Parvoz vaqtlari o‘zgarmaydi.

Nukus - Oqtov - Nukus

7 iyuldan 28-iyulga qadar 727 va 728 Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlar yangi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
HY-727 Nukus - Oqtov 10:20 - 11:50;
HY-728 Oqtov - Nukus 12:50 - 14:15;
Bundan tashqari, 2022-yil 29-iyul kuni rejalashtirilgan Jidda - Nukus - Jidda HY-5308 va HY-5369 yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar jadvalga muvofiq o‘zgarishsiz amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0