https://oz.sputniknews.uz/20220706/mineralnie-vodi---urganch-yonalishida-parvozlar-yolga-qoyildi-25943905.html
Mineralnie Vodi - Urganch yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi
Mineralnie Vodi - Urganch yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
“Mineralnie Vodi- Urganch- Mineralnie Vodi” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi. 06.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-06T13:47+0500
2022-07-06T13:47+0500
2023-04-05T18:38+0500
turizm
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/298/22/2982253_0:0:1501:844_1920x0_80_0_0_59c9764afe97ba2b5f5d3c6608e3b390.jpg
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi Mineralnie Vodi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.Yangi yo‘nalish bo‘yicha parvoz qilgan birinchi samolyot 6-iyul kuni soat 03.04 da bortida 92 yo‘lovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qo‘ndi.“Mineralnie Vodi – Urganch – Mineralnie Vodi” yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchi parvozini amalga oshirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.“Urganch” aeroporti terminalida aviakompaniya vakillari an’anaga ko‘ra ushbu reysga birinchi bo‘lib chipta sotib olgan yo‘lovchini tabriklashdi.Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda SU-95 samolyotlarida haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi.Qayd etilishicha, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralnie Vodidan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/298/22/2982253_90:0:1215:844_1920x0_80_0_0_1179f98b72bb4cb64568a537fdfbdb79.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, rossiya
turizm, o‘zbekiston, rossiya
Mineralnie Vodi - Urganch yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi
13:47 06.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) “Mineralnie Vodi- Urganch- Mineralnie Vodi” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Rossiyaning
“Azimut” aviakompaniyasi Mineralnie Vodi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan
bog‘ladi. Yangi yo‘nalish bo‘yicha parvoz qilgan birinchi samolyot 6-iyul kuni soat 03.04 da bortida 92 yo‘lovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
“Mineralnie Vodi – Urganch – Mineralnie Vodi” yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchi parvozini amalga oshirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
“Urganch” aeroporti terminalida aviakompaniya vakillari an’anaga ko‘ra ushbu reysga birinchi bo‘lib chipta sotib olgan yo‘lovchini tabriklashdi.
“Baxtli yo‘lovchi Nargiza Muratova bo‘lib, unga aviakompaniyaning har ikki yo‘nalishdagi yo‘nalishlari bo‘yicha ikki kishilik aviachiptalarning joriy yil oxirigacha amal qiladigan sertifikati tantanali ravishda topshirildi”, deyiladi xabarda.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda SU-95 samolyotlarida haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralnie Vodidan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda.