https://oz.sputniknews.uz/20220705/sintetik-dizel-yoqilgisi-sinovdan-otdi---video-25912942.html
Sintetik dizel yoqilg‘isi sinovdan o‘tdi - video
Sintetik dizel yoqilg‘isi sinovdan o‘tdi - video
Sputnik O‘zbekiston
Sinov jarayonida GTL dizel yoqilg‘isi quyilgan texnikalar eng yaxshi texnik, ekspluatatsiya va ekologik ko‘rsatkichlarni namoyish etdi. 05.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-05T12:22+0500
2022-07-05T12:22+0500
2022-07-05T12:22+0500
iqtisod
navoiy viloyati
uzbekistan gtl
dizel
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25901389_0:132:1280:852_1920x0_80_0_0_6803ca09480058ec91186e4f9f03c662.jpg
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. “Uzbekistan GTL” zavodidan 10 tonnalik sintetik dizel yoqilg‘isining birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga jo‘natildi.Aytilishicha, kombinatga qarashli “Caterpillar” va “BelAZ” korxonalarida ishlab chiqarilgan ikkita zamonaviy maxsus tog‘-kon texnikasi ikki kun ichida sinovdan o‘tkazish uchun GTL yoqilg‘ining birinchi partiyasi bilan to‘ldirildi.“Uzbekistan GTL” zavodining quvvatlari yiliga 1 million tonnagacha dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish imkonini beradi.GTL dizel yoqilg‘isi Euro-6 (EN15940) Yevropa ekologik standarti va O'zDSt EN 15940:2022 milliy standartining yuqori talablariga to‘liq javob beradi.Ma’lumot uchun, GTL dizelini dizel dvigatellarida sof holda yoki uni aralashtirish uchun xom ashyo sifatida qo‘llash mumkin. GTL dizeli an’anaviy dizel yoqilg‘isiga qaraganda, ifloslantiruvchi moddalarni 70% gacha kam chiqaradi, uning toza va to‘liq yonishi esa dvigatelda cho‘kindilarni kamaytirishga yordam beradi.Bu esa, o‘z navbatida, texnikaning ishlash muddatini uzaytiradi va unga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25901389_144:0:1280:852_1920x0_80_0_0_7b6898209f3e5f478942c04b56da873a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, navoiy viloyati, uzbekistan gtl, dizel
iqtisod, navoiy viloyati, uzbekistan gtl, dizel
Sintetik dizel yoqilg‘isi sinovdan o‘tdi - video
Sinov jarayonida GTL dizel yoqilg‘isi quyilgan texnikalar eng yaxshi texnik, ekspluatatsiya va ekologik ko‘rsatkichlarni namoyish etdi.
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. “Uzbekistan GTL” zavodidan 10 tonnalik sintetik dizel yoqilg‘isining birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga
jo‘natildi. Aytilishicha, kombinatga qarashli “Caterpillar” va “BelAZ” korxonalarida ishlab chiqarilgan ikkita zamonaviy maxsus tog‘-kon texnikasi ikki kun ichida sinovdan o‘tkazish uchun GTL yoqilg‘ining birinchi partiyasi bilan to‘ldirildi.
“GTL dizel yoqilg‘isi quyilgan NKMK texnikalari eng yaxshi texnik, ekspluatatsiya va ekologik ko‘rsatkichlarni namoyish etdi. Yaqin vaqt ichida NKMK ehtiyojlari uchun O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi savdo platformalari orqali 5 ming tonna dizel yoqilg‘isi yetkazib berish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
“Uzbekistan GTL” zavodining quvvatlari yiliga 1 million tonnagacha dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish imkonini beradi.
GTL dizel yoqilg‘isi Euro-6 (EN15940) Yevropa ekologik standarti va O'zDSt EN 15940:2022 milliy standartining yuqori talablariga to‘liq javob beradi.
Ma’lumot uchun, GTL dizelini dizel dvigatellarida sof holda yoki uni aralashtirish uchun xom ashyo sifatida qo‘llash mumkin. GTL dizeli an’anaviy dizel yoqilg‘isiga qaraganda, ifloslantiruvchi moddalarni 70% gacha kam chiqaradi, uning toza va to‘liq yonishi esa dvigatelda cho‘kindilarni kamaytirishga yordam beradi.
Bu esa, o‘z navbatida, texnikaning ishlash muddatini uzaytiradi va unga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.