https://oz.sputniknews.uz/20220705/sardor-umurzakov-afgoniston-delegatsiyasi-bilan-uchrashdi-25914209.html
Sardor Umurzakov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Sardor Umurzakov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat o‘zbek-afg‘on munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish va hal etish bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettiradi. 05.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-05T13:38+0500
2022-07-05T13:38+0500
2022-07-05T13:38+0500
iqtisod
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/05/25909758_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5abc7889b49f508dd4bbe987c449bd70.jpg
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.“Ikki tomonlama savdo aylanmasini ko‘paytirish va ikki mamlakat hududlari orqali yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha birgalikda takliflarni tayyorlashga kelishildi”, deyiladi xabarda.Shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklik salohiyatini o‘rganish maqsadida o‘zbek va afg‘on ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha birgalikda ish olib borishning istiqbollari qayd etildi.O‘zbekiston tomoni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish va Afg‘oniston bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek-afg‘on munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish va hal etish bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/05/25909758_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f33dbc890d23a2336d9b5f5426ef7541.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, afg‘oniston
Sardor Umurzakov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Ikki mamlakat o‘zbek-afg‘on munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish va hal etish bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettiradi.
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiyani
qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida investitsiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi o‘zbek-afg‘on hamkorligi kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi va ushbu so=alarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga oid navbatdagi tadbirlar kelishib olindi.
“Ikki tomonlama savdo aylanmasini ko‘paytirish va ikki mamlakat hududlari orqali yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha birgalikda takliflarni tayyorlashga kelishildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli sheriklik salohiyatini o‘rganish maqsadida o‘zbek va afg‘on ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha birgalikda ish olib borishning istiqbollari qayd etildi.
Muloqot doirasida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish chora - tadbirlari ko‘rib chiqildi. Iyul oyining ikkinchi yarmida temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab dala tadqiqotlarini tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish va Afg‘oniston bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek-afg‘on munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish va hal etish bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.