Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Nevrolog xotira uchun zararli mahsulotlarni aytdi

© Fotolia / Andrea Danti Rabota mozga
 Rabota mozga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning aytishicha, fastfud xotiraga yomon ta’sir qilishi mumkin.
Shifokor-nevrolog, professor Derya Uludbuzning aytishicha, ovqatlanish ham xotiraga ta’sir qilishi mumkin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlarni tez-tez unutib qo‘yayotgan insonlar tezpishar ovqatlar, ya’ni fastfuddan voz kechganlari ma’qul. Chunki ular nafaqa yurak, balki bosh miya tomirlariga ham zarar yetkazishlari mumkin.
“Miya ovqatdan 3% kaloriya qabul qiladi. Aslida, iste’mol qiladigan har bir mahsulot miya faoliyati, xotiraga ta’sir qiladi”, - deydi u.
Miya faoliyatiga tarkibida omega- 6 to‘yingan kislotali o‘simlik yog‘lari ham ta’sir qiladi. Shuningdek, energetik ichimliklardan ham voz kechish kerak, chunki ular Alsgeymer kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, insulin ko‘payishi ham esda saqlab qolishni qiyinlashtiradi.
Xotira uchun, xususan, oq non, makaron, kartoshka va guruch kabi glikemik indeksi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ular qonda shakar miqdorini oshiradi. Sun’iy shirinlashtiruvchi mahsulotlar qo‘shilgan oziq-ovqatlar ham xotiraga ta’sir qilmay qolmaydi.
Qovurilgan ovqatlar, alkogol ichimliklarni ham suiste’mol qilmagan ma’qul. Bundan tashqari, har kuni iste’mol qilinadigan pechenye, margarin, pishiriq, qaymoq, shokolad batonchiklari, kartoshka chipsilari ham eslab qolish qobiliyatini sustlashtiradi. Chunki ularda transog‘lar- to‘yinmagan yog‘li kislotalar mavjud.
Yangiliklar lentasi
0