Mirziyoyev va Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi

© Pool Photo via APPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Yetakchilar shu yili mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan Strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.
Turkiya prezidenti davlat rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, 2022-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.
Davlat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.
Yangiliklar lentasi
0