https://oz.sputniknews.uz/20220705/jismoniy-tarbiya-va-sport-boyicha-malaka-oshirish-instituti-tashkil-etiladi-25906512.html
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Jismoniy tarbiya va spot bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi institutga aylantiriladi. 05.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-05T11:32+0500
2022-07-05T11:32+0500
2023-04-05T15:49+0500
jamiyat
yangi qaror
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/16/22898091_0:80:2200:1318_1920x0_80_0_0_ac856f49eaabc3978267c31a5bb6844f.jpg
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining teg‘ishli qarorida belgilangan.Qarorga muvofiq, institut quyidagi sohalar uchun kadrlar tayyorlaydi:Bundan tashqari, muassasa mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi. Shuningdek, yangi institut xalqaro aloqalarni kengaytiradi va mustahkamlaydi, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritadi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/16/22898091_325:0:2186:1396_1920x0_80_0_0_c0e79689e16727134f2f9d2070bf704c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti , sport
jamiyat, yangi qaror, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti , sport
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi
11:32 05.07.2022 (yangilandi: 15:49 05.04.2023) Jismoniy tarbiya va spot bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi institutga aylantiriladi.
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining teg‘ishli qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, institut quyidagi sohalar uchun kadrlar tayyorlaydi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari;
umimiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari;
oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlari;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari;
sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan o‘qituvchilari, trenerlari, sport psixologlari;
maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.
Bundan tashqari, muassasa mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
Shuningdek, yangi institut xalqaro aloqalarni kengaytiradi va mustahkamlaydi, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritadi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.