Yevropada gaz narxi rekord darajaga ko‘tarildi

© Sputnik / StringerVentil na obyekte visokogornoy gazokompressornoy stansii "Voloves" v Zakarpatskoy oblasti.
Ventil na obyekte visokogornoy gazokompressornoy stansii Voloves v Zakarpatskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Obuna bo‘lish
Yevropada gaz narxi har ming kub metr uchun 1800 dollardan oshdi.
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Yevropada gaz narxi har ming kub metr uchun 1800 dollardan oshdi, bu mart oyidan beri birinchi marta rekord darajadagi o‘sishdir. Buni London ICE fond birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi, deya xabar berdi RIA Novosti.
4 iyul, dushanba kungi savdolar chog‘ida Niderlandiyadagi TTF markazida avgust fuchers shartnomasi ming kub metr uchun 1804,3 dollargacha ko‘tarilgan. Umuman olganda, kun davomida o‘sish 13 foizni tashkil etgan.
Mart oyi boshida gaz narxi Rossiya energetika resurslari importiga taqiq qo‘yilishi qo‘rquvi tufayli to‘rt kun ketma-ket tarixiy eng yuqori darajaga yetdi. Rekord 7-mart kuni o‘rnatildi – 3892 dollar, o‘sha kundagi taxminiy narx ming kub metr uchun 2560,7 dollarni tashkil etdi.
Ammo keyin kotirovkalar barqaror pasayish bosqichiga o‘tdi va 6-iyun kuni uch oy ichida birinchi marta 900 dollardan pastga tushdi, ikki kundan keyin esa fevral oxiridan beri eng past darajaga yetdi - 878,5 dollar.
Iyun oyining o‘rtalarida Rossiyadan yetkazib berishning umumiy pasayishi fonida gaz narxi yana ko‘tarila boshladi. Endilikda, RIA Novosti bilan suhbatlashgan tahlilchilarga ko‘ra, Yevropa gaz bozorida kuchli pasayish uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0