Peskov: Qoraqalpog‘istondagi voqealar - O‘zbekistonning ichki ishi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning aytishicha, bo‘lib o‘tgan voqealar O‘zbekistonning ichki ishi hisoblanadi.

"O‘zbekiston bizga do‘st davlat, ittifoqchimiz va muhim hamkorimiz, u yerda sodir bo‘layotgan voqealar mamlakatning ichki ishidir. Respublika rahbariyatining faol harakati sabab vaziyat iziga tushishiga shubha qilmaymiz", dedi Peskov RIA Novosti.

Bundan oldin agentlik Nukusdagi voqealar bo‘yicha munosabat olish maqsadida Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbasiga ham bog‘langan. Rossiya TIV vakilining aytishicha, O‘zbekiston rahbariyati vaziyatni iziga tushirish uchun aql va o‘z xalqiga hurmat bilan harakat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0