https://oz.sputniknews.uz/20220704/konstitutsiyaviy-qonun-loyihasi-muhokamasi-yana-10-kunga-uzaytirildi-25876306.html
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirdi. 04.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-04T10:58+0500
2022-07-04T10:58+0500
2022-07-04T10:58+0500
jamiyat
konstitutsiya
konstitutsiya islohoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25395819_0:243:2775:1804_1920x0_80_0_0_43ae2b30e8399cd5f798abe8a9b942dd.jpg
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi muddati 15-iyulga qadar uzaytirildi.Deputat Jahongir Shirinov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida qonun loyihasining umumxalq muhokamasini yana 10 kunga uzaytirishni taklif etdi.Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.Bugungi kunga qadar aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Umumxalq muhokamaning dastlabki kunlarida qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan deputatlar qonun loyihasi muddatini uzaytirish taklifini bir ovozdan maqullashdi.Eslatib o‘tamiz, hujjat loyihasiga takliflarni qabul qilish 25-iyunda boshlandi va umumxalq muhokama muddati 5-iyul kuni yakunlanishi kerak edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25395819_23:0:2752:2047_1920x0_80_0_0_dbc68a50d20a4484f4a34440204e07f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, konstitutsiya, konstitutsiya islohoti
jamiyat, konstitutsiya, konstitutsiya islohoti
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yana 10 kunga uzaytirildi
Qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirdi.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi muddati 15-iyulga qadar uzaytirildi.
Deputat Jahongir Shirinov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida qonun loyihasining umumxalq muhokamasini yana 10 kunga uzaytirishni taklif etdi.
Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligi umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Bugungi kunga qadar aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Umumxalq muhokamaning dastlabki kunlarida qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.
Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan deputatlar qonun loyihasi muddatini uzaytirish taklifini bir ovozdan maqullashdi.
Eslatib o‘tamiz, hujjat loyihasiga takliflarni qabul qilish 25-iyunda boshlandi va umumxalq muhokama muddati 5-iyul kuni yakunlanishi kerak edi.