Tolibon* amiri Afg‘oniston rivojlanish strategiyasining asosiy nuqtalarini sanab o‘tdi

© AP Photo / Khwaja Tawfiq SediqiFlag talibov
Flag talibov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2022
Obuna bo‘lish
Kobulda 1-iyul kuni Afg‘onistonning barcha hududlaridan kelgan 3000 dan ortiq vakillar ishtirokida umumafg‘on ulamolar kengashi (Loyya-jirg‘a) bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Tolibon* amiri Haybatulloh Oxundzoda Kobuldagi ulamolar majlisida nutq so‘zladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
Oxunzoda nutqidan asosiy fikrlar quyidagilar:
️Men qonun chiqarmayman, lekin ulamolar nimani lozim ko‘rsa, shuni bajaraman;
️Respublika rejimi davrida afg‘onlarga zulm qilishda qatnashganlarning hammasini kechirdim. O‘tgan qilmishlari uchun qasos olish maqsadida ularni ta’qib qilishga uringanlar jazolanadi. Ammo bu ularni yangi hokimiyatga kiritish kerak degani emas. Biz afg‘onlarga qarshi jang qilmoqchi emasdik, lekin xorijlik bosqinchilar ularni o‘z qalqoni sifatida foydalandi;
️Xalqaro yordam afg‘on iqtisodini qura olmaydi, aksincha, uni yanada qaram qiladi. Biz tadbirkorlardan qaytishni, o‘z mamlakatiga sarmoya kiritishni, bu yerda korxonalar ochishni so‘raymiz – ularga hech narsa tahdid solmaydi;
Jihod g‘alabasining narxi katta qon bilan to‘landi. U qanday shiorlar ostida ilgari surilgan bo‘lsa, ular hozir amalda tatbiq etilmoqda. Afg‘onlarga qarshi hatto yadro quroli ishlatishsa ham - ular kofirlarga bosh egmaydi. (AQSh Afg‘onistonda - "barcha bombalarning onasi" (GBU-43) , eng kuchli yadrosiz bombani tashlagan edi);
️Hukumat adolat ustida turadi, adolat o‘rniga qatag‘on kelsa - uning qulashi muqarrar. Biz korrupsiya, tarafkashlik, qatag‘on va etnik kamsitishlarga barham berishimiz kerak;
Hech bir davlat mustaqilliksiz rivojlana olmaydi. Chet elliklar bizga aytmasinlar: bu bizning mamlakatimiz va biz ularning buyrug‘i bilan Qodir Tangriga zid bo‘lgan ishlarni qilmaymiz. Adolatli kurashda mag‘lub bo‘lgan dushman endi fitna va tashviqot orqali o‘z maqsadlariga erishishga harakat qilmoqda;
️Jangchilar mardonavor kurashdilar, ammo hozir boshia zamon keldi: davlat qurilishi ji=od emas. Bunda olimlar oldinga chiqadi. Bir-biriga maslahat berib, amaldorlar ham o‘zaro yordam ko‘rsatib ishlash kerak. Birlik bo‘lmasa, mamlakat omon qolmaydi;
️Afg‘onlar Tolibonga to‘g‘ri maslahat bilan yordam berishlari kerak. Lekin bu ularga Tolibon* kamchiliklarini ommaviy axborot vositalarida bo‘g‘ib ko‘rsatishga haq bermaydi. Bu faqat hukumat va xalq o‘rtasida nizo chiqaradi.
Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, 1-iyul kuni Kobulda Afg‘onistonning barcha hududlaridan kelgan 3000 mingdan ortiq ulamolar ishtirokida umumafg‘on ulamolar kengashi (Loyya-jirg‘a) bo‘lib o‘tgan. Undan bir qator muhim qarorlar qabul qilingan, jumladan kelgusida davlat boshqaruvida ishtirok etuvchi 100 nafar oqsoqolllar kengashi ham saylangan. Lekin Afg‘onistondagi muxolifat kuchlar vakillari aytishiga ko‘ra tolibon* tomonidan tashkil qilinagn ushbu yig‘in - bu shunchaki ko‘zbo‘yamachilik, unda barcha millat va elat vakillari ishtiork etmagan.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0