Maxsus operatsiya: 1-iyulning asosiy voqealari
11:47 02.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023)
© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota remontno-vosstanovitelnogo polka VS RF v zone spetsoperatsii
© Sputnik / RIA Novosti
/ Obuna bo‘lish
Rossiya va Ukraina 144 nafar harbiy asirlar bilan almashganidan so‘ng, Ukraina asirligidan ozod etilganlarning 98 foizi qiynoqqa solingani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Rossiyaning Donbass hududida o‘tkazayotgan Maxsus operatsiyasiga doir o‘tgan sutkaning asosiy xabarlari.
1 iyulning asosiy voqealari:
Ittifoqchi qo‘shinlar (Rossiya, DXR, LXR) to‘g‘ridan-to‘g‘ri Lisichanskga yaqinlashdi. Shahar qurshab olinishiga 6km qoldi.
Ukraina qo‘shinlari katta yo‘qotishlarga duch kelishdi. (120kishidan ortiq) Shahar atrofidagi Privole va Shipilovka qishloqlari allaqachon ozod qilingan, Novodrujesk millatchilaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Ukraina qo‘shinlarida harbiy harakatlarda qatnashishdan qochganlar va qochqinlar soni ortib bormoqda.
Azovstaldan qo‘lga olingan ukrainalik jangarilarning birinchi guruhiga nisbatan ish sudga jo‘natishga tayyor Yana ikki britaniyalik yollanma askar DXRda ayblanmoqda.
24 iyundan 30-iyunga qadar DXRda 51 xavfsizlik xodimi va 10 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, 207 nafar xavfsizlik xodimi va 42 nafar tinch aholi yaralandi.
Doneskda Rossiya pasportlarini berishni boshladi.
Asirlarni almashtirish natijasida 30 dan ortiq LXR fuqarolari ozod etildi.
Ukraina asirligidan ozod etilganlarning 98 foizi qiynoqqa solingan, dedi DXR Ombudsmani.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.