https://oz.sputniknews.uz/20220702/davlat-gerbida-qanday-manolar-yashiringan--25838427.html
Davlat gerbida qanday ma’nolar yashiringan?
Davlat gerbida qanday ma’nolar yashiringan?
Sputnik O‘zbekiston
Xumo qushi, sakkiz qirrali yulduz, vodiy uzra charaqlab turgan quyosh - O‘zbekiston davlat gerbi ramzlari nimani anglatadi? 02.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-02T10:10+0500
2022-07-02T10:10+0500
2022-07-02T10:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/06/20795505_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_5e2af22fa5782d096878532951af1d71.jpg
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan edi.O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, O‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat.Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/06/20795505_104:0:1808:1278_1920x0_80_0_0_d217582b6252a0e595db53338fa70f2e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
Davlat gerbida qanday ma’nolar yashiringan?
Xumo qushi, sakkiz qirrali yulduz, vodiy uzra charaqlab turgan quyosh - O‘zbekiston davlat gerbi ramzlari nimani anglatadi?
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, O‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.