https://oz.sputniknews.uz/20220701/rossiya-eoiidan-boshqa-davlatlarga-guruch-eksportini-taqiqladi-25811009.html
Rossiya YeOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi
Rossiya YeOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu chora 1-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi. Ushbu taqiqi YeOII davlatlari hamda DXR, LXR, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga taaluqli emas. 01.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-01T12:07+0500
2022-07-01T12:07+0500
2023-04-05T18:38+0500
iqtisod
guruch
aminokislotalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/833/84/8338471_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f21a0c3b2e77f9ff1be01de1d8abc5c1.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Rossiya hukumati mamlakatdan guruch, guruch yormalari va ozuqa aminokislotalarini eksport qilishni vaqtincha chekladi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.Ushbu chora 1-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi.Qayd etilishicha, mazkur qaror mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ushbu mahsulotlarning ichki narxlarini barqaror saqlash, shuningdek, chorvachilik va qayta ishlash tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.Xususan, L-lizin sulfat, L-lizin monohidroxlorid va DL-metionin – hayvonlarning to‘liq oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim ozuqa aminokislotalariga vaqtinchalik eksport cheklovlari joriy etildi.Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq ushbu mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), Abxaziya, Janubiy Osetiya, Donesk va Lugansk xalq respublikalariga, shuningdek, xalqaro gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida eksport qilishga taalluqli emas.O‘z navbatida, guruch va guruch yormalarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlar YeOII mamlakatlariga va xalqaro hukumatlararo kelishuvlar doirasida eksport qilish uchun qo‘llanilmaydi.Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Oksana Lutning so‘zlariga ko‘ra, qabul qilingan qarorlar ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan to‘liq ta’minlash imkonini beradi: aminokislotalar eksportini taqiqlash chorvachilikda ijobiy dinamikani saqlab qolishga, sholiga cheklovlar esa don mahsulotlari yetishmasligi xavfini bartaraf etishga va tayyor mahsulotlarning barqaror narxlarini ta’minlashga yordam beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/833/84/8338471_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c908ca85a7eddcc03fe0fce642455e4d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, guruch, aminokislotalar, rossiya
iqtisod, guruch, aminokislotalar, rossiya
Rossiya YeOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi
12:07 01.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Ushbu chora 1-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi. Ushbu taqiqi YeOII davlatlari hamda DXR, LXR, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga taaluqli emas.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Rossiya hukumati mamlakatdan guruch, guruch yormalari va ozuqa aminokislotalarini eksport qilishni vaqtincha chekladi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi
“RIA Novosti”. Ushbu chora 1-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi.
“2022 yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha Rossiyada ozuqa aminokislotalari, guruch va guruch yormalarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlar joriy etildi. Hukumat Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tayyorlangan tegishli qarorlarni imzoladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur qaror mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ushbu mahsulotlarning ichki narxlarini barqaror saqlash, shuningdek, chorvachilik va qayta ishlash tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Xususan, L-lizin sulfat, L-lizin monohidroxlorid va DL-metionin – hayvonlarning to‘liq oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim ozuqa aminokislotalariga vaqtinchalik eksport cheklovlari joriy etildi.
“Bu qaror ichki bozorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan defitsitning oldini oladi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq ushbu mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), Abxaziya, Janubiy Osetiya, Donesk va Lugansk xalq respublikalariga, shuningdek, xalqaro gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida eksport qilishga taalluqli emas.
O‘z navbatida, guruch va guruch yormalarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlar YeOII mamlakatlariga va xalqaro hukumatlararo kelishuvlar doirasida eksport qilish uchun qo‘llanilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Oksana Lutning so‘zlariga ko‘ra, qabul qilingan qarorlar ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan to‘liq ta’minlash imkonini beradi: aminokislotalar eksportini taqiqlash chorvachilikda ijobiy dinamikani saqlab qolishga, sholiga cheklovlar esa don mahsulotlari yetishmasligi xavfini bartaraf etishga va tayyor mahsulotlarning barqaror narxlarini ta’minlashga yordam beradi.