Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Oftob urishidan qanday himoyalanish kerak?

© REUTERS / David BeckerPosetitel natsionalnogo parka Dolina Smerti, SShA
Posetitel natsionalnogo parka Dolina Smerti, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor oftob urishidan himoyalanish borasida tavsiyalar berdi.
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Quyosh tig‘ida yoki 15-20 daqiqada havo almashmagan dim xonada bo‘lish salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Shifokor Andrey Tajelnikovning aytishicha, oftob urishi nafaqat uning tig‘ida turganda, balki yopiq va dim joyda ham sodir bo‘lishi mumkin.
Masalan, issiq ob-havo sharoitida havo aylanmaydigan va shamol o‘tmaydigan xonada bo‘lish zararli. Bu shuningdek, turli korxonalarning issiqlik tarqatadigan uskunalari joylashgan xonalarida bo‘lishi ham mumkin.
Tana harorati 40 darajadan oshsa, oftob urishi xavfi ortadi. Bunday harorat organlar hayotiy funksiyalarining jiddiy buzilishiga va yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlarga olib keladi.
Surunkali kasalliklar, kuchsiz immunitet, ortiqcha vazn ega insonlar tana haroratini nazorat qilib borishlari shart. Chunki bunday insonlar organizmida issiqlikni nazorat qilish mexanizmi yaxshi ishlamasligi mumkin. Shuningdek, yosh bolalar va keksalar ham ehtiyot bo‘lishlari kerak.
Oftob urishidan himoyalanish uchun eng oddiy tavsiyalarga amal qilish zarur. Issiqda ko‘p suv ichish, organizmni jismoniy zo‘riqtirmaslik va tabiiy gazlamalardan tikilgan kiyimlarni kiyish oftob urishidan himoya qilishi mumkin. Shuningdek, bosh kiyimi haqida unutmagan ma’qul.
Yangiliklar lentasi
0