Men nafaqat O‘zbekiston, balki Qoraqalpog‘istonning ham farzandiman – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet molodej Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet molodej Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev bag‘rikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tadigan qoraqalpoq xalqini yuragidan e’zozlashini bildirdi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. 30 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Nutqining avvalida Yangi O‘zbekistonning barcha yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
“Albatta, sizlar bilan uchrashish, ko‘nglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan o‘rtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va g‘urur bag‘ishlaydi. Sizlarning shijoat va intilishingizni ko‘rib, yonib turgan ko‘zlaringizga boqib, o‘zimga bitmas-tuganmas kuch olaman”, - dedi prezident.
© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari dunyodagi murakkab vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Dunyodagi murakkab vaziyatni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Har kuni yangi-yangi xavf-xatarlar va tashvishlarga duch kelayapmiz. Bunday vaziyatlarda xalqimizning irodasi va matonatiga tayanib, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topish uchun birgalikda intilmoqdamiz. Mehnatkash va bag‘rikeng, olijanob xalqimiz, sizday bilimli, faol va shijoatli o‘g‘il-qizlarim bor ekan, biz har qanday qiyinchiliklarni albatta yengib o‘tamiz!”, - deya ta’kidladi Mirziyoyev.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda 400 nafar yosh o‘g‘il-qizlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali chet ellardagi eng nufuzli oliygohlarda o‘qishga yuborilgan.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
“Misol uchun, toshkentlik Lamiya Xudoyarova Oksford universitetiga, buxorolik Rasulbek Bahodirov London universitetiga, samarqandlik Nilufarxon Ro‘ziyeva Chikago universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Bunday yigit-qizlar har bir viloyatimizda ko‘plab topiladi. Iqtidorli yoshlarimiz so‘nggi bir yil ichida xalqaro fan olimpiadalarida 255 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, joriy yilda 382 nafar sportchi yoshlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda 419 ta sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, Nodirbek Abdusattorov va Umida Omonova – tezkor shaxmat bo‘yicha, Zuhriddin Qodirov qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgani, 23 yoshgacha futbolchilarimiz Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgani, shubhasiz, butun xalqimizga g‘urur bag‘ishladi. Men ana shunday ilmli, irodali va qobiliyatli farzandlarimiz borligidan faxrlanaman. Ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga alohida rahmatlar aytaman”, - dedi Mirziyoyev.
Prezident shu kunlarda mamlakatda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarning umumxalq muhokamasi davom etayotganini eslatdi.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
“Albatta, yangilanayotgan Konstitutsiya, bu – sizlarning Konstitutsiyangiz! Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ham yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan sizlarga, butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: Hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan, Yangi O‘zbekistonni hamda Uchinchi Renessansning bunyodkorlarisiz. Ana shunday sharafga munosib bo‘lish yo‘lidagi intilishlaringiz va hayotda o‘z o‘rningizni topishingiz uchun bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq safarbar etamiz. Men Prezident sifatida sizlar o‘z oldingizga qo‘ygan reja va marralarga erishishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanimni bugun yana bir bor ta’kidlamoqchiman”, - dedi davlat rahbari yoshlarga murojaat qilib.
Prezident yoshlarga o‘z oldiga qo‘ygan reja va marralarga erishishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston yoshlari va rahbariyatiga murojaat qilar ekan, buyuk qoraqalpoq xalqini, buyuk qoraqalpoq xalqi yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
“Bag‘rikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tadigan qoraqalpoq xalqini yuragimdan e’zozlayman va mehr bilan aytamanki, men nafaqat O‘zbekiston farzandiman, balki men g‘urur bilan qoraqalpoq farzandiman, deb yana bir bor ta’kidlamoqchiman!”, - dedi prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili kuzda Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, Bo‘zatov tumani yoshlari bilan qo‘shiq kuylaganini esga oldi va Bo‘zatovni "O‘zbekistonning madaniy o‘chog‘i, madaniy markazi" deb atadi.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovanie Dnya Molodeji v Tashkente
“Men sizlarga ishonaman va sizlar bilan faxrlanaman, aziz bolalarim! Fursatdan foydalanib, barchangizni bugungi unutilmas bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog‘liq, tuganmas kuch-g‘ayrat, ulkan yutuq va zafarlar tilayman”, - dedi prezident so‘zining yakunida.
Yangiliklar lentasi
0