“Kultura” telekanali Toshkent hayvonot bog‘i haqida film suratga oladi

Tashkentskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna bo‘lish
“Rossiya-Kultura” telekanalining “Dialogi o jivotnix” nomli ilmiy-ommabop ko‘rsatuvida Toshkent hayvonot bog‘i namoyish etiladi.
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Rossiyaning “Rossiya-Kultura” telekanali Toshkent hayvonot bog‘i haqida film suratga oladi. Ushbu maqsadda mashhur teleboshlovchi Ivan Zatevaxin Toshkent hayvonot bog‘i bilan bog‘langan. Bu haqida bog‘i ma’muriyati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik telejurnalist Ivan Zatevaxin sentabr oyida Toshkent Hayvonot bog‘i haqida hujjatli filmlar yaratishni rejalashtirgan.
Film 14-16 qismlik bo‘lishi kutilmoqda va “Rossiya-Kultura” telekanalining “Dialogi o jivotnix” nomli ilmiy-ommabop ko‘rsatuvda namoyish etiladi.
Hayvonlar haqidagi dialoglar yovvoyi tabiat olami haqidagi mualliflik dasturi bo‘lib, u har hafta "Rossiya-1" kanalida chiqariladi. Uning doimiy rahbari - biologiya fanlari nomzodi Ivan Zatevaxin.
Yangiliklar lentasi
0