Iyul oxirida Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Anjumanda Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalashuvi masalalari ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Toshkentda 25-26 iyul kunlari Afg‘oniston bo‘yicha 20 dan ortiq mamlakatlar ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Anjumanda Afg‘onistonda xavfsizlik, urushdan keyingi tiklanishga ko‘maklashish va barqarorlik masalalari bo‘yicha jahon hamjamiyatining kompleks chora-tadbirlari va takliflari ishlab chiqiladi hamda mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalashuvi masalalari ko‘rib chiqiladi, - deyiladi xabarda.

Anjuman 2018-yil o‘tkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali hamda 2021-yilda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyalarining mantiqiy davomi bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0