https://oz.sputniknews.uz/20220630/zarafshon-milliy-tabiat-bogida-sodir-bolgan-yongin-ochirildi-25780044.html
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi
Sputnik O‘zbekiston
Yong‘inni o‘chirishga FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. 30.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-30T13:36+0500
2022-06-30T13:36+0500
2022-06-30T13:36+0500
hodisalar
yong‘in
samarqand
“zarafshon” milliy tabiat bog‘i
favqulodda holat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1e/25779763_0:2:1080:610_1920x0_80_0_0_d07023480f93a5351d80d9165c4db87c.jpg
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. 29-iyun kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, kecha soat 13:15 da “Zarafshon” MFYda joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.Shundan so‘ng, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 13:27 da yetib borgan. Soat 14:40 da yong‘in qurshab olingan va soat 17:00 da bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishga FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.Ma’lumot uchun, 2020-yil 26-iyul kuni ham mazkur bog‘da yong‘in sodir bo‘lgan edi. O‘shanda alanga bog‘ning 2 ming kvadrat maydonini qamrab olgandi.Bundan tashqari, 2021-yil 3-iyulda ham bog‘da sodir bo‘lgan. Oqibatda 1,5 gektar maydonda o‘simlik dunyosi yonib ketgan.2022 yil 21-fevral kuni sodir bo‘lgan yong‘inda esa “Zarafshon” milliy tabiat bog‘idagi 25 sotix maydonda daraxt va butalar yonib ketgan.
“zarafshon” milliy tabiat bog‘i
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1e/25779763_132:0:948:612_1920x0_80_0_0_25c2b716eb24bbe171de188896563ea0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , yong‘in, samarqand, “zarafshon” milliy tabiat bog‘i, favqulodda holat
hodisalar , yong‘in, samarqand, “zarafshon” milliy tabiat bog‘i, favqulodda holat
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi
Yong‘inni o‘chirishga FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. 29 iyun kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, kecha soat 13:15 da “Zarafshon” MFYda joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 13:27 da yetib borgan. Soat 14:40 da yong‘in qurshab olingan va soat 17:00 da bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishga FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
“Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2020-yil 26-iyul kuni ham mazkur bog‘da yong‘in sodir bo‘lgan edi. O‘shanda alanga bog‘ning 2 ming kvadrat maydonini qamrab olgandi.
Bundan tashqari, 2021-yil 3-iyulda ham bog‘da sodir bo‘lgan. Oqibatda 1,5 gektar maydonda o‘simlik dunyosi yonib ketgan.
2022 yil 21-fevral kuni sodir bo‘lgan yong‘inda esa “Zarafshon” milliy tabiat bog‘idagi 25 sotix maydonda daraxt va butalar yonib ketgan.