https://oz.sputniknews.uz/20220630/prezident-xovoslik-qizchaning-maktubiga-javob-berdi-25777932.html
Prezident xovoslik qizchaning maktubiga javob berdi
Prezident xovoslik qizchaning maktubiga javob berdi
Sputnik O‘zbekiston
Xovoslik Odinaxonga yo‘llangan prezident maktubini Sirdaryo viloyati hokimi yetkazdi va o‘qib berdi. 30.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-30T12:33+0500
2022-06-30T12:33+0500
2022-06-30T12:33+0500
jamiyat
prezident
maktub
sirdaryo
mehrli maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25153240_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_fc5a105c5bd57e79982e4066f70d5218.jpg
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Toshkentda yangidan barpo etilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar bilan uchrashgan edi.Uchrashuvda bolalarning do‘stlari, yaqinlari va hatto prezidentga yo‘llagan maktublari yig‘ilgan “Mehrli pochta”dagi maktublarni o‘zi bilan olib ketib, "Hammasini o‘qib, albatta javob beraman", degan edi.Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan javob xatlari o‘z manzillariga yetib bordi. Xususan, xovoslik Odinaxonga yo‘llangan prezident maktubini Sirdaryo viloyati hokimi yetkazdi va o‘qib berdi.Qayd etish kerakki, prezident “Mehrli maktab”dagi uchrashuvda shifoxonada davolanayotgan bolalardan biriga zamonaviy telefon sovg‘a qilgan edi. Bu safar Odinaxonga zamonaviy kompyuter tuhfa qildi.
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25153240_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_4c6ec7406315eb6ca0865248bc1b1c8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, maktub, sirdaryo, mehrli maktab
jamiyat, prezident, maktub, sirdaryo, mehrli maktab
Prezident xovoslik qizchaning maktubiga javob berdi
Xovoslik Odinaxonga yo‘llangan prezident maktubini Sirdaryo viloyati hokimi yetkazdi va o‘qib berdi.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Toshkentda yangidan barpo etilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar bilan uchrashgan edi.
Uchrashuvda bolalarning do‘stlari, yaqinlari va hatto prezidentga yo‘llagan maktublari yig‘ilgan “Mehrli pochta”dagi maktublarni o‘zi bilan olib ketib, "Hammasini o‘qib, albatta javob beraman", degan edi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan javob xatlari o‘z manzillariga yetib bordi. Xususan, xovoslik Odinaxonga yo‘llangan prezident maktubini Sirdaryo viloyati hokimi yetkazdi va o‘qib berdi.
“Qadrli, Odinaxon qizim! Xatingni o‘qib bugungi kunda mamlakatimiz bolalari naqadar beg‘ubor orzu-intilishlar bilan yashayotganini yana bir bor chin yurakdan his ettim. Kelajakda oshpaz bo‘lmoqchi ekaning, "Mehrli maktab"da musiqa va rasm chizishni yoqtirib qolganing haqida yozibsan. Til o‘rganishga ishtiyoqing balandligini bilib yanada xursand bo‘ldim. Axir biz orzu qilgan barkamol avlod mana shunday zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaydigan yosh-o‘g‘il qizlardan tashkil topadi. Ishonchim komil yuksak intilish, tirishqoqlik bilan o‘z maqsad-muddaolaringga albatta yetasan. Bu yo‘lda senga sovg‘a qilinayotgan kompyuter ham yordam beradi deb o‘ylayman. Dilingdagi ezgu-orzu niyatlaring doim senga hamroh bo‘lsin”, deb yozgan Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida.
Qayd etish kerakki, prezident “Mehrli maktab”dagi uchrashuvda shifoxonada davolanayotgan bolalardan biriga zamonaviy telefon sovg‘a qilgan edi. Bu safar Odinaxonga zamonaviy kompyuter tuhfa qildi.