Posilka, pochta kuryeri kabi tushunchalar yangi qonunga kiritildi

© "Uzbekiston pochtasi" AOPochta Uzbekistana
Pochta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna bo‘lish
Iyun oyida qabul qilngan yangi qonunga muvofiq O‘zbekiston pochta tizimiga ko‘plab yangiliklar kirtilmoqda. Batafsil maqolamizda tanishing.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. O‘zbekiston pochta tizimida ko‘plab yangiliklar kirtilmoqda. Jumladan posilka va pochta kuryeri kabi tushunchalar, posilka yo‘qolgani yoki kechikkani uchun javobgarlik, pochta bo‘limlarida yangi xizmat turlari va boshqalar.
Bularning barchasi 2022-yil 9-iyun kuni qabul qilingan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi 777-sonli O‘RQda aytib o‘tilgan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda jurnalistlarga “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov hikoya qilib berdi.
Yangi qonunda xususan quyidagilar qayd etilgan:
posilka va pochta kuryeri kabi tushunchalar "Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘RQga kiritildi va yuridik maqomga ega bo‘lgan atamaga aylandi;
shartnoma asosida - pochta xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatiladi;
pochta aloqasining siri - foydalanuvchilarning manziliga oid ma’lumotlar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari hamda ularning tarkibi to‘g‘risidagi axborot va kuryerlik jo‘natmalari haqidagia ma’lumotlar pochta aloqasining sirini tashkil etadi;
javobgarlik belgilandi - pochta operator va provayderlari o‘z majburiyatlarni bajarmaganlik uchun yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplaydi (shikoyatlar 6 oy ichida taqdim etilishi kerak);
ta’qiqlangan moddalarni jo‘natish va buning oqibatida yetkazilgan zarara uchun foydalanuvchilar va pochta aloqasi operatorlari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi;
© "Uzbekiston pochtasi" AOPochta Uzbekistana
Pochta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2022
Pochta Uzbekistana

“Gibrid pochta” xizmati
“Gibrid pochta” xizmati elektron ko‘rinishda kelib tushgan pochta jo‘natmalarni qog‘oz ko‘rinishida chop eti, shu yerning o‘zida maxsus konvertga joylashtirilib, ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha yetkazib berishni nazarda tutadi.
Oldin ushbu xizmat faqat 14 ta viloyat markazlarida ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda elektron ko‘rinishda kelib tushgan pochta jo‘natmalar 165 ta tuman va shahar pochta aloqasi bog‘lamalarida qog‘oz ko‘rinishida chop etilmoqda.
Natijada, gibrid pochta jo‘natmalarini yetkazib berish muddatlari eng chekka hududdagi adresatlarga 1-2 kungacha qisqargan. Avval 3-5 kun edi.
Avtomatlashtirish
Milliy pochta operatori tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 150 ta avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar) xarid qilindi, bugungi kunda ushbu pochtamatlarning 101 tasi aholi gavjum joylar va yirik savdo obyektlariga o‘rnatildi.
Qishloq va olis hududlarda joylashgan 1 018 ta pochta aloqasi obyektlarida 42 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi
Pochta aloqasi obyektlarida AT "Aloqabank" bilan birgalikda “AVVAL” to‘lovlar va o‘tkazmalar avtomatlashtirilgan tizimi orqali aholidan 90 turdan ortiq to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bugun ushbu xizmat 1 970 ta pochta aloqasi obyektlarida ishlamoqda.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ 2021-yil yilda 274,4 mlrd.so‘m daromad olgan. Bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 19 %ga ko‘p. Pochta aloqasi xodimlarining o‘rtacha ish haqi 1 832 282 so‘mga yetkazildi (o‘sish +40% ).
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda “O‘zbekiston pochtasi” AJda 14 ta hududiy va 4 ta ixtisoslashgan filiallar, 165 ta pochta aloqasi bog‘lamalari, 1 804 ta (jumladan 1338 ta qishloq joylarda) pochta aloqasi bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga 322 ta pochta bo‘limi ulangan.
Yangiliklar lentasi
0