OKMK va MISiS orasida texnologik hamkorlik kuchaymoqda
OKMK va MISiS orasida texnologik hamkorlik kuchaymoqda
Sputnik O‘zbekiston
MISiSning Olmaliq filiali kelgusida nafaqat tog‘-kon balkim boshqa sohalarda ham transfer texnologiyalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. 30.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filiali bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Shu kunlarda “MISiS” Rossiyaning milliy texnologik tadqiqotlar universiteti mutaxassislaridan tarkib topgan delegatsiya Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida o‘zaro kelishuvlar olib borish va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ bilan hamkorlikda yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish mo‘ljallangan.Kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun filialda transfer texnologiyalarining hududiy markazi ishga tushadi. Mazkur jarayon mutaxassislarni lokalizatsiya qilish va texnologiyalar uzatishning metodik ravishda sozlash imkonini beradi.“Hozirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ “MISiS” Olmaliq filialining asosiy hamkori bo‘lib, kelgusida boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish orqali filial potensialini yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bu juda muhim, chunki mamlakatda iqtisodiyot va innovatsiyalar taraqqiyoti transfer texnologiyalarning ta’minoti bilan chambarchas bog‘liq”, - deya ta’kidladi Rogozinskiy.
MISiSning Olmaliq filiali kelgusida nafaqat tog‘-kon balkim boshqa sohalarda ham transfer texnologiyalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filiali bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Shu kunlarda “MISiS” Rossiyaning milliy texnologik tadqiqotlar universiteti mutaxassislaridan tarkib topgan delegatsiya Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida o‘zaro kelishuvlar olib borish va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ bilan hamkorlikda yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish mo‘ljallangan.
“Biz yaqin 3-yil ichida aniq yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorliklarni keng yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Barcha tajribalar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ bilan “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filialida o‘tkaziladi. Talabalar o‘zlarining yangi loyihalarini taqdim etishadi. Bu albatta kelgusida ilmiy loyihalarni rivojlantiradi hamda o‘quv jarayonlarini jadallashtiradi”, - deydi Kommersialitsiya texnologik tadqiqot markazi direktori, iqtisodiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Rogozinskiy, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.
Kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun filialda transfer texnologiyalarining hududiy markazi ishga tushadi. Mazkur jarayon mutaxassislarni lokalizatsiya qilish va texnologiyalar uzatishning metodik ravishda sozlash imkonini beradi.
“Hozirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ “MISiS” Olmaliq filialining asosiy hamkori bo‘lib, kelgusida boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish orqali filial potensialini yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bu juda muhim, chunki mamlakatda iqtisodiyot va innovatsiyalar taraqqiyoti transfer texnologiyalarning ta’minoti bilan chambarchas bog‘liq”, - deya ta’kidladi Rogozinskiy.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
OKMK - O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan biridir. Uning YaIMda - 7%, eksportda - 15 %ni tashkil qiladi. Kon hududi 11 ming gektar, yiliga 65 million tonna ma’dan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor. Ularni qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilmoqda.
Loyiha doirasida, shuningdek, ohak zavodi, 650 megavattli elektr tarmog‘i va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etiladi. Jami 6 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.
Aytish joizki, 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi - Rossiya bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Xususan, Rossiyaning "Uralmashzavod" korxonasidan umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan aspob-uskunalar sotib olish rejalashtirilgan.
To‘liq nomi - NUST MISiS. Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi "Milliy tadqiqot texnologik universiteti" MISiS ". (Moskovskiy Institut Stali i Splavov)
Materialshunoslik, metallurgiya va tog‘-kon sanoati sohasidagi yetakchi Rossiya universiteti.
Tarkibiga 9 ta institut va 6 ta filial kiradi, ulardan 4 tasi Rossiyada va 2 tasi chet elda faoliyat yuritadi. Universitetda 30 dan ortiq tadqiqot laboratoriyalari va jahon darajasidagi 3 ta muhandislik markazlari mavjud.
Bugungi kunda universitet Rossiyaning kvant fizikasi sohasidagi asosiy tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi.