Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna bo‘lish
Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–300-son, 29.06.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Qaror bilan Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil qilindi.
2022 yil 1-noyabrgacha:
- mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada Hududiy shtablarga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
▫️xonadonlar ahvoli, oilalarning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji;
▫️oilalarga aniq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar;
▫️murakkab operatsiyalarga, nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji bo‘yicha buyurtmalar;
- Hududiy shtablar ushbu ma’lumotlarni o‘z hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kunda Muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;
- Muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan ma’lumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga Hududiy shtab a’zosining mas’ul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtiradi.
Shuningdek, 2022-2023 yillarda respublika bo‘yicha jami 827 780 nafar (shundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.
2022 yil 1-avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda (2022 yil 1-noyabrdan respublikaning boshqa barcha mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.
Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHMning 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.
Yangiliklar lentasi
0