Go‘zal Abdullayeva MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi

© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanGuzal Abdullayeva stala pobeditelnitsey mejdunarodnogo konkursa “Luchshiy molodoy ucheniy-2022” sredi stran SNG.
Guzal Abdullayeva stala pobeditelnitsey mejdunarodnogo konkursa “Luchshiy molodoy ucheniy-2022” sredi stran SNG. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ishtirokchi tanlovda o‘zbek operasi (M.Bafoyevning "Hamsa") tahliliga bag‘ishlangan ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti Go‘zal Abdullayeva MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda yosh olimlar safidan joy oldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida MDH davlatlari o‘rtasida "Eng yaxshi yosh olim-2022" xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda Go‘zal Abdullayeva o‘zbek operasi (M.Bafoyevning "Hamsa") tahliliga bag‘ishlangan ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, u “San’at” yo‘nalishida diplom, guvohnoma va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Uning maqolasi “Eng yaxshi yosh olim-2022” nomli MDH davlatlarining V xalqaro kitobida chop etildi.
Ma’lumot uchun, Go‘zal Abdullayeva "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0