https://oz.sputniknews.uz/20220630/evropa-ukrainani-ochlik-yoqasiga-olib-kelmoqda--venediktov-25784041.html
Yevropa Ukrainani ochlik yoqasiga olib kelmoqda – Venediktov
Yevropa Ukrainani ochlik yoqasiga olib kelmoqda – Venediktov
Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Venediktov aytishiga ko‘ra, G‘arb birovning hisobidan yashagan va birovning hisobidan rivojlangan. 30.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-30T16:52+0500
2022-06-30T16:52+0500
2022-06-30T16:52+0500
dunyoda
bug‘doy
ukraina
yevropa
g‘arb
aleksandr venediktov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20989250_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_eff8d9bdd247f57a054ecf9e694bd144.jpg
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Ukrainadan g‘alla eksport qilayotgan Yevropa davlatlari bu mamlakat xalqini ochlik yoqasiga olib kelib qo‘ydi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksandr Venediktov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Ma’lumot uchun, BMT ushbu yilda g‘alla taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi tahdidini haqida qayta-qayta ogohlantirgan edi. G‘arb davlatlari bunda darhol Rossiyani ayblashga shoshilishdi. Go‘yoki Rossiya Ukraina donini jahon bozorlariga yetkazib berishga to‘sqinliq qilayotgan emish. Moskva bunday bayonotlarni qat’iyan rad etib, Rossiya tomonidan don eksportiga hech qanday to‘siq yo‘qiligini ta’kidlashdi.Shu bilan birga, Kiyev tomoni donni eksport qilish uchun ko‘plab to‘siqlarni yaratdilar: Mariupol shahar portida saqlanayotgan katta miqdordagi bug‘doyni yoqib yubordi, harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina qo‘shinlari Qora dengizni minalashtirishdi, keyinchalik, minalar trosdan uzilib dengizga erkin suzishga chiqib ketdi va hozirgi zamonda Qora dengizdagi har qanday kemaga xavf solmoqda. Ularning kamida iiktasi Turkiya qirg‘oqlari yaqinida topib zararsizlantirilgan edi. Ukraina Odessa portidan xorijiy kemalar chiqishiga to‘sqinlik qilishining yana bir sababi - Kiyev xorijiy kemalar chiqib ketganidan so‘ng Rossiya u yerga zarba berishidan qo‘rqadi.Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Ukrainadan g‘alla eksport qilinishiga to‘sqinlik qilmayapti, agar Kiyev portlarni minalardan tozalasa, donli kemalar muammosiz chiqib ketishi mumkin.
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20989250_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_e48c7ff4f7b664323b05a755280cc606.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, bug‘doy, ukraina, yevropa, g‘arb, aleksandr venediktov
dunyoda, bug‘doy, ukraina, yevropa, g‘arb, aleksandr venediktov
Yevropa Ukrainani ochlik yoqasiga olib kelmoqda – Venediktov
Aleksandr Venediktov aytishiga ko‘ra, G‘arb birovning hisobidan yashagan va birovning hisobidan rivojlangan.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Ukrainadan g‘alla eksport qilayotgan Yevropa davlatlari bu mamlakat xalqini ochlik yoqasiga olib kelib qo‘ydi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksandr Venediktov
RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“G‘arb birovning hisobidan yashadi, birovning hisobidan rivojlandi, birovning hisobidan kurashdi. U bir vaqtning o‘zida boyib ketishga ham muvaffaq bo‘ldi. Napoleonning so‘zlarini eslang — urush o‘zini o‘zi boqishi kerak. Mana hozir u o‘zini o‘zini tom ma’noda boqapti. Yevropaliklar Ukrainadan g‘alla eksport qilmoqda, bu esa Ukraina xalqini tom ma’noda ochlik yoqasiga olib kelib qo‘ymoqda”, deydi Venediktov.
Ma’lumot uchun, BMT ushbu yilda g‘alla taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi tahdidini haqida qayta-qayta ogohlantirgan edi. G‘arb davlatlari bunda darhol Rossiyani ayblashga shoshilishdi. Go‘yoki Rossiya Ukraina donini jahon bozorlariga yetkazib berishga to‘sqinliq qilayotgan emish. Moskva bunday bayonotlarni qat’iyan rad etib, Rossiya tomonidan don eksportiga hech qanday to‘siq yo‘qiligini ta’kidlashdi.
Shu bilan birga, Kiyev tomoni donni eksport qilish uchun ko‘plab to‘siqlarni yaratdilar: Mariupol shahar portida saqlanayotgan katta miqdordagi bug‘doyni yoqib yubordi, harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina qo‘shinlari Qora dengizni minalashtirishdi, keyinchalik, minalar trosdan uzilib dengizga erkin suzishga chiqib ketdi va hozirgi zamonda Qora dengizdagi har qanday kemaga xavf solmoqda. Ularning kamida iiktasi Turkiya qirg‘oqlari yaqinida topib zararsizlantirilgan edi. Ukraina Odessa portidan xorijiy kemalar chiqishiga to‘sqinlik qilishining yana bir sababi - Kiyev xorijiy kemalar chiqib ketganidan so‘ng Rossiya u yerga zarba berishidan qo‘rqadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Ukrainadan g‘alla eksport qilinishiga to‘sqinlik qilmayapti, agar Kiyev portlarni minalardan tozalasa, donli kemalar muammosiz chiqib ketishi mumkin.