https://oz.sputniknews.uz/20220630/bayden-janubiy-koreya-prezidenti-oldidan-etiborsizlarcha-otib-ketdi-25782910.html
Bayden Janubiy Koreya prezidenti oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi
Bayden Janubiy Koreya prezidenti oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi
Sputnik O‘zbekiston
NATO sammitida AQSh prezidenti Jo Bayden u bilan salomlashmoqchi bo‘lgan Koreya rahbariga e’tibor bermadi. 30.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-30T14:15+0500
2022-06-30T14:15+0500
2022-06-30T14:15+0500
dunyoda
jo bayden
yun sok yolya
koreya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1f/23688109_0:72:2921:1715_1920x0_80_0_0_2d2e1f45bce31c3c7d13fdf048dd47e5.jpg
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Madriddagi NATO sammitida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolya oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi. Mazkur kadrlar aks etgan video “Yonhap News TV” tomonidan tarqatildi.Kadrlarda Janubiy Koreya rahbari Bayden bilan salomlashish uchun u tomonga qadam tashlayotgani aks etgan. Biroq, Amerika prezidenti Yun Sok Yolyaga e’tibor bermasdan, uning yonidan o‘tib, Bolgariya prezidenti Rumen Radev bilan salomlashgan.Yun Sok Yolya NATO sammitiga mehmon sifatida tashrif buyurgan. U forum doirasida bir qator dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Janubiy Koreya Prezidenti Avstraliya, Yangi Zelandiya hamda Yaponiya yetakchilari bilan suhbatlashdgan.Oq uy rahbari ushbu sammitda birinchi marta noqulay vaziyatga tushib qolgani yo‘q. Bir kun oldin u Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan muzokaralar chog‘ida noto‘g‘ri gapirib, NATOni o‘ziga-o‘zi tahdid deb atagan edi. Bundan tashqari, Bayden qirol Filipp VI va qirolicha Letisiya bilan uchrashganda qirollik protokolini buzgan.Bayden tez-tez noqulay vaziyatga tushib turadi. Masalan, fevral o‘rtasida Afg‘onistonni avval Ukraina, keyin esa Eron bilan adashtirib yuborgan edi. Qolaversa, mamlakat vitse-prezidenti Kamala Harrisni bir necha bor AQSh prezidenti deb atagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1f/23688109_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_42fe47dd59548c8a159f3e630a74b2bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jo bayden, yun sok yolya, koreya
dunyoda, jo bayden, yun sok yolya, koreya
Bayden Janubiy Koreya prezidenti oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi
NATO sammitida AQSh prezidenti Jo Bayden u bilan salomlashmoqchi bo‘lgan Koreya rahbariga e’tibor bermadi.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Madriddagi NATO sammitida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolya oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi. Mazkur kadrlar aks etgan video “Yonhap News TV” tomonidan
tarqatildi. Kadrlarda Janubiy Koreya rahbari Bayden bilan salomlashish uchun u tomonga qadam tashlayotgani aks etgan. Biroq, Amerika prezidenti Yun Sok Yolyaga e’tibor bermasdan, uning yonidan o‘tib, Bolgariya prezidenti Rumen Radev bilan salomlashgan.
Yun Sok Yolya NATO sammitiga mehmon sifatida tashrif buyurgan. U forum doirasida bir qator dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Janubiy Koreya Prezidenti Avstraliya, Yangi Zelandiya hamda Yaponiya yetakchilari bilan suhbatlashdgan.
Oq uy rahbari ushbu sammitda birinchi marta noqulay vaziyatga tushib qolgani yo‘q. Bir kun oldin u Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan muzokaralar chog‘ida noto‘g‘ri gapirib, NATOni o‘ziga-o‘zi tahdid deb atagan edi. Bundan tashqari, Bayden qirol Filipp VI va qirolicha Letisiya bilan uchrashganda qirollik protokolini buzgan.
Bayden tez-tez noqulay vaziyatga tushib turadi. Masalan, fevral o‘rtasida Afg‘onistonni avval Ukraina, keyin esa Eron bilan adashtirib yuborgan edi. Qolaversa, mamlakat vitse-prezidenti Kamala Harrisni bir necha bor AQSh prezidenti
deb atagan.