Velopoyga tufayli Chorvoq yo‘lining bir qismi vaqtincha yopildi

Velogonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘l yopilishi velosport-shosse bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqa bilan bog‘liq.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Bo‘stonliq tumanida velosport-shosse bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqa sababli ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi. Bu haqda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
28 iyun kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida sportning velosport-shosse bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
Shu munosabat 30-iyun soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4P12 "Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘" avtomobil yo‘lining 34-kilometridan boshlab 47-kilometrlari oralig‘ida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Avtomobil haydovchilariga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0