SOVID-19ga qarshi yaratilgan preparatga patent berildi

© pexels.com/Polina TankilevitchChelovek, derjashiy probirki
Chelovek, derjashiy probirki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Klinik tekshiruvlarda preparatni nojo‘ya ta’sirlari kuzatilmagan. 92% bemorlarda yuqori samarali ta’siri aniqlandi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda yaratilgan "Antikovir" preparatiga patent berildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Ushbu preparat tabiiy va mineral manbalar asosida biotexnologik va kimoviy sintez usuli bilan ko‘p komponentli hisoblanadi.
U Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti farmatsevt va farmakolog olimlari hamkorligida yartilgan.
Aytilishicha, klinik tekshiruvlarda preparatni nojo‘ya ta’sirlari kuzatilmagan. 92% bemorlarda yuqori samarali ta’siri aniqlandi.
“Klinikagacha va klinik tekshiruvlarda preparatni koronavirus infeksiyasini hujayralar ichiga kirishining oldini olish, virusga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatishi va gumoral immunitetni oshirishi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Preparat komponentlari antikoagulyant, antioksidant, sitoprotektor va immun tizimini stimullovchi hamda bakteriyalar va viruslarga qarshi faollikni ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, preparatning tovar belgisi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2020-yilda ro‘yxatga olingan edi. Bu yil esa SSV koronavirus infeksiyasi, postkovid sindromini davolash va profilaktika qilish vositasi sifatida ro‘yxatga oldi.
"Antikovir"ga Adliya vazirligi tomonidan patent berildi hamda Ixtirolar reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0