Rossiya - eng katta tahdid: Madriddagi NATO sammitining asosiy bayonotlari
20:45 29.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
/ Obuna bo‘lish
Rossiya asosiy tahdid, Xitoy va Rossiyaning do‘stlashuvi alyans manfaatiga zid, Shvetsiya va Finlandiya qabul qilinadi - NATO sammitidan asosiy bayonotlar.
TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida qabul qilingan asosiy bayonot va qarorlarda Rossiya alyansning asosiy "tahdidi" deb atalgan. Vaholanki bir necha yil oldin NATO va Rossiya orasida "hamkorlik" so‘zi ham qo‘llanilgan edi.
Madridda 28-29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan NATO sammitining asosiy bayonotlari:
Rossiya alyans xavfsizligiga eng katta va bevosita tahdid deb nomlandi;
NATO xavflarni kamaytirish uchun Rossiya Federatsiyasi bilan aloqa kanallarini saqlab qolmoqchi, ammo endi Moskvani o‘zining hamkori deb hisoblamaydi;
sharqdagi qo‘shinlar guruhini kuchaytiradi: sakkizta batalon guruhlari brigadalarga, reaksiya kuchi - 40 mingdan 300 ming kishiga ko‘paytiriladi;
NATO qarama-qarshilikka intilmaydi va Rossiyaga tahdid solmaydi, balki uni jilovlash uchun o‘z imkoniyatlarini kuchaytiradi;
Xitoy va Rossiyaning yaqinlashuvi NATO manfaatlariga zid;
NATO rahbarlari Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga a’zo bo‘lishga rasman taklif qilishdi;
Ukrainaga yordam paketi tasdiqlandi, unga quyidagilar kiradi: mamlakat mudofaa sanoatini modernizatsiya qilish, Kiyevga halokatli bo‘lmagan qurollar yetkazib berishni tezlashtirish va kibermudofaani kuchaytirish;
Gruziya, Moldova va boshqa hamkorlarga siyosiy va amaliy yordamni kuchaytirishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, NATO va Rossiya orasida munosabatlar 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanib ketgan zamonidanoq boshlangan. 1997-yilda Parijda "Rossiya - NATO" shartnomasi imzolangan edi.
Unga ko‘ra Rossiya va NATO bir-birini dushman deb hisoblamaydi. O‘zaro paydo bo‘layotgan har qanday masalalarni hamkorlik va muzokaralar yo‘li bilan hal qiladi. Uchinchidan, ikkala davllat ham "Tinchlik yo‘lida hamkorlik" loyihasida ishtirok etadi. Va to‘rtinchidan, NATO yangi a’zolar hududida yadro qurolini joylashtirmasligi belgilangan edi.