NATO sammiti urushga e’lon kabi: Moskva va Minsk qanday munosabat bildiradi?

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSovet Rossiya - NATO v Brussele
Sovet Rossiya - NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlarga dunyoda o‘z siyosiy va iqtisodiy hukmronlikni saqlab qolish uchun harbiy harakatlar bilan xonavayron bo‘lgan Yevropa, beqarorlashgan Osiyo va nazorat qilinadigan betartiblik kerak.
Va AQShning aholida ittifoqchilari ham uchinchi marotaba urushga tayyorlanishmoqda.
Madridda NATOning 28-30 iyun kunlaridagi 36-sammiti davom etmoqda. Tashkilot Bosh kotibi uni tarixiy deb atadi. Ittifoqdoshlar alyansning 2030-yilgacha bo‘lgan yangi strategik konsepsiyasini qabul qilish, Rossiyani asosiy dushman deb e’lon qilish, Sharqiy Yevropada 30-yil ichida eng katta - 40 000 dan 300 000 askargacha ko‘payadigan tezkor harakat kuchlarini joylashtirish rejasini muhokama qilishmoqchi. Alyans Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mustahkamlangan kompleks rejani qabul qiladi - UQKning NATO o‘zaro hamkorligi standartlariga erishish va shu bilan alyansning Ukrainaga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini tasdiqlash kabi.
Aslida Rossiya va uning eng yaqin ittifoqchisi Belarusga urush e’lon qilishmoqda, bunda Kiyev rejimi “so‘nggi ukrainga qadar” jang qilmoqchi. Ukraina hududlari va davlatchiligining denatsifikatsiyasi va demilitarizatsiyasi muqarrar bo‘lib bormoqda.
Shuningdek, Madrid Sammiti Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizalarini ko‘rib chiqadi, Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya bilan hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qiladi. Biroq, Rossiya bilan uzoq davom etadigan jang masalasi kun tartibidagi boshqa mavzularni baribir ortda qoldiradi. Alyansning o‘ylamasdan qilgan, g‘arazli tajovuzlari insoniyatni uchinchi jahon urushiga olib bormoqda.
Bunday havotirli fonda Buyuk Britaniya armiyasi bosh qo‘mondoni Patrik Sanders “parovozdan oldinroq yugurib ketdi” va Rossiyani maxsus harbiy operatsiyadan so‘ng 24-fevralga qaraganda Yevropa xavfsizligi uchun yanada jiddiy xavf bo‘lishini aytdi. Avvalroq, harbiy rahbar Boris Jonsondan mamlakat mudofaa budjetini 2028-yilga borib YaIMning 2,5 foizigacha oshirishni so‘ragan va Britaniya armiyasi uchun hayotiy muhim mo‘ljal - “Rossiyani jangda mag‘lub etish” qobiliyatini belgilab bergan edi. Albattada, afg‘on Tolibonlardan tepki yegandan so‘ng, butun 73 000 kishilik Britaniya armiyasining millionlik armiyaga ega yadroviy derjava ustidan g‘alaba qozonishni orzu qilish vaqti keldi.
Britaniyaning o‘ziga o‘ta yuqori baho berishining alohida paradoksi NATO mamlakatlarining umumiy muammolarini uning o‘zida aks ettirishida- tashqi siyosatda ular Iroq, Yugoslaviya, Afg‘oniston, Liviya va Suriyadagi ishlar uchun erkinlik va ozodlikka hamon umid bog‘lashmoqda. Ayni paytda Moskva taklif qilgan Yevropa qit’asidagi teng va bo‘linmas xavfsizlik parametrlari dolzarbligicha qolmoqda. 1997-yil chegarasida alyansning xorijiy qo‘shinlarning olib chiqilishi tarixiy muqarrarlik bo‘lib qolyapti, Ukraina hududida AQSh maxsus kuchlari va NATOning boshqa mamlakatlari harbiy xizmatchilarining borligi geosiyosiy bema’nilik bo‘lib ko‘rinadi.

Yangi dunyo shu’lasi

Moskva va Minsk G‘arbning tajovuzkor kursi va provokatsion harakatlari, NATOning ukrainlarning oxiri voy bo‘lgan hatti-haraktlari qo‘llab - quvvatlash va Kiyev rejimini qurollantirishga javob berar ekan, mudofaa tizimidagi integratsiyani yanada faolroq rivojlantirmoqda. Rossiyaning Kaliningrad viloyatini qamal qilishga Vilnyusning provokatsion urinishlaridan so‘ng Litva chegaralarida Rossiya-Belarus qo‘shinlari bo‘linmalari yaratish ehtimoli ortdi.
26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko ittifoq davlati chegaralari yaqinida NATO kuchlarini to‘plash, Polsha va Litvaning provokatsion harakatlarini muhokama qilishdi. Tezkor javob berish variantlari, ular orasida eng samarali hisoblangan Belarusning zarba beruvchi samolyotlarini taktik yadroviy qurol tashuvchilar darajasiga yetkazish va Rossiyaning “Iskander-M” (uzoqligi- 500 km gacha) raketa tizimlarini - butun jangovar kallaklar, shu jumladan, quvvati 50 kiloton (ikkita Xirosima)gacha bo‘lgan yadroviylar bilan-Belarus Respublikasi Qurolli kuchlariga topshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Havoga qarshi mudofaa uchun qiyin bo‘lgan yuqori aniqlikdagi “Iskander” OTRK raketalarining quvvati Belarus qo‘shinlariga NATOning yuqori kuchlarini assimetrik tarzda yo‘q qilish imkoniyatini beradi. Ta’kidlash joiz, Moskva va Minsk yaqin kelajakda havo texnikalarini yangilash va mobil raketa tizimlarini uzatish niyatida.
G7 yetakchilari kuni kecha Moskvaning Minskka yadroviy raketalari yetkazishidan havotirga tushishdi, biroq, Rossiya va Belarus yadroviy qurol tarqatish bo‘yicha hech qanday xalqaro kelishuvlarni buzgani yo‘q. Yevropa bunga ko‘nishga majbur. Polsha ham Ittifoq mamlakatiga 400 ming kishilik armiya bilan tahdid qilmagani ma’qul. Axir bundan hech qanday yaxshilik bo‘lmaydi.
Xususan, NATO ichida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda. Rim, Parij, Madrid, Anqara siyosiy tahdid va harbiy xavflarni turlicha baholashmoqda. Masalan, Ispaniya alyansdan janubiy (Afrika) flang xavfsizligiga e’tibor qaratishni talab qilmoqda. Biroq, AQSh bosimi ostida Ukrainadagi harbiy to‘qnashuv va “ruslarning sharqda jilovlab turilishi” ittifoqchilar uchun ustuvor vazifa bo‘lib turibdi.
NATO sammiti arafasida Yevropaning militarizatsiyasiga qarshi bo‘lgan minglab odamlar Madridda norozilik namoyishlari ko‘rsatdi. Va bu bir tomondan xalqlar, hukumatlar, va yana bir tomondan esa AQShning bevosita tajovuzkor harbiy blokning haqiqiy manfaatlari qanchalar farq qilishini ko‘rsatib berdi. Amerikaning The Hill nashri Vashingtonning zamonaviy siyosatida Fransiyadagi Napoleon va Gitlerning natsist Germaniyasidagi harakatlarga o‘xshashliklarni topgani ham bejiz emas.
Yangiliklar lentasi
0