NATO sammiti mehmonlarini rus taomlari hayratda qoldirdi - Reuters

© Sputnik / Sergey GuneyevServirovka stola ofitsialnogo obeda
Servirovka stola ofitsialnogo obeda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Salatning bir kishilik porsiyasi sakkiz yevrodan, bir necha soat ichida sotilgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Madridda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitining restoran menyusidan “Ruscha kartoshkali salat” deb nomlangan taomning joy olishi g‘arb rasmiylari va jurnalistlarini hayratda qoldirdi, deb xabar qildi Reuters. RIA Novosti.
Salat tarkibiga no‘xat, kartoshka, sabzi va mayonez kiradi.
"NATO sammitida rus salati? Men bu taom tanlovidan biroz hayratda qoldim", - deydi jurnalist Inyaki Lopes.
Maqola mualliflarining qayd etishicha, “rus salati” sammit ishtirokchilarining Rossiyani Shimoliy Atlantika alyansi uchun rasman “tahdid” deb atash rejalari tufayli sarosimaga sabab bo‘lgan.
Biroq, taomning yuqori uglevodliligi uning munozarali nomidan ko‘ra muhimroq edi. Xabarlarga ko‘ra, u bir necha soat ichida sotilgan.
Ma’lumot uchun, NATO sammiti 30-iyunga qadar davom etadi. Unda Rossiyani “kollektiv xavfsizlikka bevosita tahdid” sifatida belgilashga oid yangi strategik konsepsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0