Azizbek Haydarov “Bunyodkor” futbol akademiyasiga direktor bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStadion Bunedkor
Stadion Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Azizbek Haydarov o‘zbek professional futbolchisi hisoblanadi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasiga Azizbek Haydarov direktor etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Azizbek Haydarov 1985-yil 8-iyulda Toshkentda tug‘ilgan. U o‘zbek professional futbolchisi. Faoliyati davomida “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi bo‘lgan.
2007 yildan beri (2015 yil 31-mart holatiga ko‘ra) Haydarov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta o‘yin o‘tkazgan, jumladan, 2010-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichidagi 6 ta o‘yin.
U 2007-yilda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori bo‘lgan. Haydarov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2011-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Quvaytga qarshi o‘yinda gol urgan edi.
Yangiliklar lentasi
0