https://oz.sputniknews.uz/20220628/yangi-oquv-yili-uchun-talim-yonalishlarini-tanlashga-start-berildi-25711664.html
Yangi o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlarini tanlashga start berildi
Yangi o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlarini tanlashga start berildi
Sputnik O‘zbekiston
Qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti DTM saytiga joylashtirildi. 28.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-28T13:43+0500
2022-06-28T13:43+0500
2022-06-28T13:43+0500
jamiyat
dtm
test sinovlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/85/5908526_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_a65705b509c7f1a277505bb18df8e75a.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Bugundan boshlab abituriyentlar OTMning ta’lim shakli va ta’lim tilini tanlashlari mumkin.Davlat test markazi my.dtm.uz saytiga qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini joylashtirdi.Saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin.Bunda abituriyentlar kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklini tanlaydilar. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan bo‘yicha-ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.Eslatib o‘tamiz, 20-iyundan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan.Shu kungacha ular faqatgina pasport, doimiy yashash manzili, tugatgan ta’lim muassasasi hamda maxsus sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin edi.Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/85/5908526_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_488759f1e4821d1c1cf9b57e92ffd0be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, dtm, test sinovlari
jamiyat, dtm, test sinovlari
Yangi o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlarini tanlashga start berildi
Qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti DTM saytiga joylashtirildi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Bugundan boshlab abituriyentlar OTMning ta’lim shakli va ta’lim tilini tanlashlari
mumkin. Davlat test markazi my.dtm.uz saytiga qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini joylashtirdi.
Saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin.
Qayd etilishicha, bitta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriy bo‘ladi.
Bunda abituriyentlar kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklini tanlaydilar.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan bo‘yicha-ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyundan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish
boshlangan.Shu kungacha ular faqatgina pasport, doimiy yashash manzili, tugatgan ta’lim muassasasi hamda maxsus sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin edi.
Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar amalga oshiriladi.