https://oz.sputniknews.uz/20220628/uqk-strategik-zahiralari-yoq-qilindi-rossiya-raketalari-qaerga-uchmoqda-25714597.html
UQK strategik zahiralari yo‘q qilindi: Rossiya raketalari qayerga uchmoqda?
UQK strategik zahiralari yo‘q qilindi: Rossiya raketalari qayerga uchmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
UQK strategik zahiralari yo‘q qilindi: Rossiya raketalari qayerga uchmoqda?
2022-06-28T22:08+0500
2022-06-28T22:08+0500
2023-04-05T18:38+0500
kolumnistlar
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25244438_0:13:1201:689_1920x0_80_0_0_4dbca81a52b492a819a5c3200dabfd16.jpg
Kundan-kunga UQK ichkarisi hamda g‘arbiy viloyatlariga Rossiya raketalari, havo va artilleriya zarbalarining soni ortib bormoqda. Uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar demilitarizatsiyada asosiy rolni o‘ynamoqda.Rossiya Harbiy-havo kuchlarining uzoq masofali aviatsiyasi va Harbiy-dengiz floti kemalari 26-iyun kuni Ukraina harbiy infratuzilmasiga navbatdagi raketa hujumini amalga oshirdi va UQK Chernigov, Jitomir va Lvov viloyatlaridagi uchta o‘quv markaziga muvaffaqiyatli zarba yo‘naltirdi. Natijada, “sharqiy front”ga jo‘natilgunga qadar front orqasida o‘quv mashg‘ulotlarini tamomlagan UQK strategik zaxiralari tarkibidagi 65, 66-motopiyoda brigadalari va 46-aeromobil brigadalari yo‘q qilindi. Uchta ukrain tuzilmalarining jangovar zonaga o‘tkazilishi to‘xtatildi.Bundan tashqari, Kiyevda Rossiyaning to‘rtta raketasi “Artem” korporatsiyasi sexlarini safdan chiqardi. U yerda zalp olovli reaktiv tizimlari ishlab chiqarilgan. Bir sutka davomida Rossiyaning artilleriya, raketa qo‘shinlari, armiya va operativ-taktik aviatsiyasi 286 ta shaxsiy tarkib va harbiy texnika to‘planadigan joyi, 64 ta artilleriya pozitsiyasi, ikkita qo‘mondonlik punkti va to‘rtta o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi. Bu front orqasidagi dushmanni operativ yo‘q qilish taktikalarining davom etayotgani va rivojlanishi, Rossiya Qurolli Kuchlari imkoniyatlarining AQSh va NATO strateglariga namoyish etishdir.Bir kun avval Rossiya qo‘shinlari Kiyev, Dnepropetrovsk, Nikolayev, Xarkov viloyatlaridagi harbiy obyektlarga raketa zarbalarini yo‘naltirdi. Shu bilan birga Nikolayev viloyatidagti dengiz piyodalarining 35-brigadasi boshqaruv punktida UQK Bosh shtabining operativ guruhi yo‘q qilindi. Nikolayevda esa -xorijdan keltirilgan qurollar va o‘q-dorilar omboriga zarba berildi. Donbassda 25-iyun kuni bitta aniq zarba bilan 80 nafar polshalik “ko‘ngilli”lar likvidatsiya qilindi.Ukrain qo‘mondonligi bir zalpda 50 ga yaqin X-22, “Oniks”, “Iskander” raketalari uchib turgan bir paytda Rossiyaning yirik raketa zarbalariga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmayotganiga bahona topishga harakat qilmoqda. Kiyev Amerikada ishlab chiqarilgan Patriot zenit raketa komplekslarining yetkazib berilishi umid bog‘lagan. Ushbu kompleks maydonning cheklangan sektoridagi obyektlarni - 90 daraja, 80 km masofada - himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Biroq, ko‘pincha uchinchi dunyo davlatlarining raketalari va uchuvchisiz apparatlari bilan to‘hnashuvda yutqazmoqda.Masofaviy demilitarizatsiya taktikasiKundalik artilleriya olov hujumlarini qo‘llash bilan birgalikda Rossiyaning UQK obyektlariga ulkan hududdagi hujumlari Ukraina va uning chegaralaridan tashqarida NATO qo‘shinlarini demilitarizatsiya qilish uchun eng samarali vositaga aylandi. Muvaffaqiyatning asosi- texnologik ustunlik. RF Qurolli Kuchlari, barcha darajadagi shtablar, harbiy razvedka (kosmik, radiotexnik, agentlik va maxsus turlari), raketa qo‘shinlari mutaxassislarining yerda, havoda va dengizda ishlarini bir tartibda olib borishayotganidadir.Rossiya qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi va jihozlari mamlakat xavfsizligi va suverenitetini ishonchli himoya qilish imkonini beradi. Bir maromdagi harbiy ish haftalar, oylar va hatto yillardan oldin hisobga olingan (agar maxsus operatsiya maqsadlariga avvalroq yetishsa yaxshiroq bo‘ladi). Rossiya Qurolli Kuchlari logistika bilan ta’minlashning puxta o‘ylangan taktikasi va yaxshi tashkil etilgan logistikasi UQK (va NATO) ga qarshi hujum qilish imkoniyatini qoldirmaydi.Rossiya raketalari va snaradlarining zaxirasi tuganmas, arsenallar uzoqdan turib faol harbiy harakatlar olib borish va tirik tarkib yo‘qotishlarini kamaytirish imkoniyatini beradi. Masalan, yuqorida eslatib o‘tilgan ittifoq davrida ishlab chiqarilgan X-22 qanotli raketasi 1000 donada ishlab chiqarilgan. Boshlang‘ich og‘irligi 6 tonna bo‘lgan ushbu gipertovushli monstr uzoq masofali bombardimonchi Tu-22M3 bilan birga foydalaniladi. X-22 raketasi havo mudofaasiga qarshi zamonaviy tizimlarini ortga qoldirish, dushmanning hatto eng yaxshi himoyalangan yirik harbiy obyektlariga ham jiddiy zarar yetkazish imkoniyatiga ega (harbiy qismining og‘irligi 950 kg, tezligi 4000 km/soat, uzoqligi 550 km.gacha).RF Mudofaa vazirligi xabarlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda aniq zarbali qurol tashuvchilarning soni 13 barobarga oshgan, yer, havo va dengizdagi qanotli raketalar arsenali 37 barobarga ko‘paygan. Yangi X-101 (uzoqligi 5500 km 8gacha), “Kalibr” (2600 gacha), “Kinjal” (2000 kmgacha), “Oniks” (800 km gacha) larni muntazam ishlab chiqarish uch smenada tashkillashtirilgan. Dushman ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiyalash bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya yakunlamaguncha Rossiya arsenallarining vayron bo‘lishi yoki zarbalar kamayishini ko‘ra olmaydi.UQK Donbassdan chekinmoqda, ishchi kuchi va texnikada katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. G‘arb potensial farqni qoplashga qodir emas. Aksincha, Severodonesk va Lisichanskda ukrain harbiylarining halok bo‘lishida Boris Jonsonning qo‘li bor. U Zelenskiydan u yerda G7 sammitiga qadar “chidab turish”ni so‘ragan edi.Kiyev rejimi M142 HIMARS zalp olovli reaktiv tizimidan foydalanish orqali Rossiyani “20 kun ichida” mag‘lub etishni hamon rejalashtirmoqda. G‘arbdan yangi qurollar yetkazib berishini so‘rab Rossiyani to‘xtatishni talab qilmoqda, qarshi hujumga o‘tishni va Rossiya armiyasini 24-fevralga qadar o‘z pozitsiyasiga qaytarishni va’da bermoqda. Buning uchun Ukraina Mudofaa vaziri UQK sonini bir million nafarga yetkazmoqchi, garchi bo‘yin tovlaganlar va dizertirlar bilan buni bajarib bo‘lmasdek tuyulsada. UQK Bosh shtabi Belgorodga raketa hujumlarini rejalashtirmoqda- manzillar va infratuzilmaviy obyektlarni tanlamoqda.Xususan, UQK harakatlarining terroristik xususiyatini avval ham hech kim yashirmagan edi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinayotgan hududlardagi strategiyani Ukraina Xavfsizlik xizmati, Bosh razvedka boshqarmasi va prezidentlik idorasi ochiqchasiga “nazorat qilinadigan terror” deb atashmoqda. Bosh razvedka (harbiy) boshqarmasi rahbari Kirill Budanov buni hatto G‘arb matbuotiga ham tasdiqlagan. Ukraina siyosiy rahbariyati tushunmaydiki, bu “nazorat qilinadigan terror” (UQK va Milliy gvardiya tomonidan harbiy obyektlarning emas, balki tinch aholini yo‘q qilinishi) butun Ukraina davlatini terroristik deb hisoblashga asos bo‘ladi. Va bu Rossiya maxsus operatsiyasi uchun katta dalil.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25244438_133:0:1069:702_1920x0_80_0_0_05eb22e0411f7e6b416e1e773d294536.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
uqk strategik zahiralari yo‘q qilindi: rossiya raketalari qayerga uchmoqda?
uqk strategik zahiralari yo‘q qilindi: rossiya raketalari qayerga uchmoqda?
UQK strategik zahiralari yo‘q qilindi: Rossiya raketalari qayerga uchmoqda?
22:08 28.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Rossiya qo‘shinlari Donbassning katta va kichik “qozon”larida ukrain armiyasini uslubiy ravishda yo‘q qilib, butun Ukraina- hududlar va davlatlar demilitarizatsiyasi va denatsifikatsiyasining strategik maqsadlarini ko‘zdan qochirayotgani yo‘q
Kundan-kunga UQK ichkarisi hamda g‘arbiy viloyatlariga Rossiya raketalari, havo va artilleriya zarbalarining soni ortib bormoqda. Uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar demilitarizatsiyada asosiy rolni o‘ynamoqda.
Rossiya Harbiy-havo kuchlarining uzoq masofali aviatsiyasi va Harbiy-dengiz floti kemalari 26-iyun kuni Ukraina harbiy infratuzilmasiga navbatdagi raketa hujumini amalga oshirdi va UQK Chernigov, Jitomir va Lvov viloyatlaridagi uchta o‘quv markaziga muvaffaqiyatli zarba yo‘naltirdi. Natijada, “sharqiy front”ga jo‘natilgunga qadar front orqasida o‘quv mashg‘ulotlarini tamomlagan UQK strategik zaxiralari tarkibidagi 65, 66-motopiyoda brigadalari va 46-aeromobil brigadalari yo‘q qilindi. Uchta ukrain tuzilmalarining jangovar zonaga o‘tkazilishi to‘xtatildi.
Bundan tashqari, Kiyevda Rossiyaning to‘rtta raketasi “Artem” korporatsiyasi sexlarini safdan chiqardi. U yerda zalp olovli reaktiv tizimlari ishlab chiqarilgan. Bir sutka davomida Rossiyaning artilleriya, raketa qo‘shinlari, armiya va operativ-taktik aviatsiyasi 286 ta shaxsiy tarkib va harbiy texnika to‘planadigan joyi, 64 ta artilleriya pozitsiyasi, ikkita qo‘mondonlik punkti va to‘rtta o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi. Bu front orqasidagi dushmanni operativ yo‘q qilish taktikalarining davom etayotgani va rivojlanishi, Rossiya Qurolli Kuchlari imkoniyatlarining AQSh va NATO strateglariga namoyish etishdir.
Bir kun avval Rossiya qo‘shinlari Kiyev, Dnepropetrovsk, Nikolayev, Xarkov viloyatlaridagi harbiy obyektlarga raketa zarbalarini yo‘naltirdi. Shu bilan birga Nikolayev viloyatidagti dengiz piyodalarining 35-brigadasi boshqaruv punktida UQK Bosh shtabining operativ guruhi yo‘q qilindi. Nikolayevda esa -xorijdan keltirilgan qurollar va o‘q-dorilar omboriga zarba berildi. Donbassda 25-iyun kuni bitta aniq zarba bilan 80 nafar polshalik “ko‘ngilli”lar likvidatsiya qilindi.
Ukrain qo‘mondonligi bir zalpda 50 ga yaqin X-22, “Oniks”, “Iskander” raketalari uchib turgan bir paytda Rossiyaning yirik raketa zarbalariga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmayotganiga bahona topishga harakat qilmoqda. Kiyev Amerikada ishlab chiqarilgan Patriot zenit raketa komplekslarining yetkazib berilishi umid bog‘lagan. Ushbu kompleks maydonning cheklangan sektoridagi obyektlarni - 90 daraja, 80 km masofada - himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Biroq, ko‘pincha uchinchi dunyo davlatlarining raketalari va uchuvchisiz apparatlari bilan to‘hnashuvda yutqazmoqda.
Masofaviy demilitarizatsiya taktikasi
Kundalik artilleriya olov hujumlarini qo‘llash bilan birgalikda Rossiyaning UQK obyektlariga ulkan hududdagi hujumlari Ukraina va uning chegaralaridan tashqarida NATO qo‘shinlarini demilitarizatsiya qilish uchun eng samarali vositaga aylandi. Muvaffaqiyatning asosi- texnologik ustunlik. RF Qurolli Kuchlari, barcha darajadagi shtablar, harbiy razvedka (kosmik, radiotexnik, agentlik va maxsus turlari), raketa qo‘shinlari mutaxassislarining yerda, havoda va dengizda ishlarini bir tartibda olib borishayotganidadir.
Rossiya qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi va jihozlari mamlakat xavfsizligi va suverenitetini ishonchli himoya qilish imkonini beradi. Bir maromdagi harbiy ish haftalar, oylar va hatto yillardan oldin hisobga olingan (agar maxsus operatsiya maqsadlariga avvalroq yetishsa yaxshiroq bo‘ladi). Rossiya Qurolli Kuchlari logistika bilan ta’minlashning puxta o‘ylangan taktikasi va yaxshi tashkil etilgan logistikasi UQK (va NATO) ga qarshi hujum qilish imkoniyatini qoldirmaydi.
Rossiya raketalari va snaradlarining zaxirasi tuganmas, arsenallar uzoqdan turib faol harbiy harakatlar olib borish va tirik tarkib yo‘qotishlarini kamaytirish imkoniyatini beradi. Masalan, yuqorida eslatib o‘tilgan ittifoq davrida ishlab chiqarilgan X-22 qanotli raketasi 1000 donada ishlab chiqarilgan. Boshlang‘ich og‘irligi 6 tonna bo‘lgan ushbu gipertovushli monstr uzoq masofali bombardimonchi Tu-22M3 bilan birga foydalaniladi. X-22 raketasi havo mudofaasiga qarshi zamonaviy tizimlarini ortga qoldirish, dushmanning hatto eng yaxshi himoyalangan yirik harbiy obyektlariga ham jiddiy zarar yetkazish imkoniyatiga ega (harbiy qismining og‘irligi 950 kg, tezligi 4000 km/soat, uzoqligi 550 km.gacha).
RF Mudofaa vazirligi xabarlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda aniq zarbali qurol tashuvchilarning soni 13 barobarga oshgan, yer, havo va dengizdagi qanotli raketalar arsenali 37 barobarga ko‘paygan. Yangi X-101 (uzoqligi 5500 km 8gacha), “Kalibr” (2600 gacha), “Kinjal” (2000 kmgacha), “Oniks” (800 km gacha) larni muntazam ishlab chiqarish uch smenada tashkillashtirilgan. Dushman ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiyalash bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya yakunlamaguncha Rossiya arsenallarining vayron bo‘lishi yoki zarbalar kamayishini ko‘ra olmaydi.
UQK Donbassdan chekinmoqda, ishchi kuchi va texnikada katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. G‘arb potensial farqni qoplashga qodir emas. Aksincha, Severodonesk va Lisichanskda ukrain harbiylarining halok bo‘lishida Boris Jonsonning qo‘li bor. U Zelenskiydan u yerda G7 sammitiga qadar “chidab turish”ni so‘ragan edi.
Kiyev rejimi M142 HIMARS zalp olovli reaktiv tizimidan foydalanish orqali Rossiyani “20 kun ichida” mag‘lub etishni hamon rejalashtirmoqda. G‘arbdan yangi qurollar yetkazib berishini so‘rab Rossiyani to‘xtatishni talab qilmoqda, qarshi hujumga o‘tishni va Rossiya armiyasini 24-fevralga qadar o‘z pozitsiyasiga qaytarishni va’da bermoqda. Buning uchun Ukraina Mudofaa vaziri UQK sonini bir million nafarga yetkazmoqchi, garchi bo‘yin tovlaganlar va dizertirlar bilan buni bajarib bo‘lmasdek tuyulsada. UQK Bosh shtabi Belgorodga raketa hujumlarini rejalashtirmoqda- manzillar va infratuzilmaviy obyektlarni tanlamoqda.
Xususan, UQK harakatlarining terroristik xususiyatini avval ham hech kim yashirmagan edi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinayotgan hududlardagi strategiyani Ukraina Xavfsizlik xizmati, Bosh razvedka boshqarmasi va prezidentlik idorasi ochiqchasiga “nazorat qilinadigan terror” deb atashmoqda. Bosh razvedka (harbiy) boshqarmasi rahbari Kirill Budanov buni hatto G‘arb matbuotiga ham tasdiqlagan. Ukraina siyosiy rahbariyati tushunmaydiki, bu “nazorat qilinadigan terror” (UQK va Milliy gvardiya tomonidan harbiy obyektlarning emas, balki tinch aholini yo‘q qilinishi) butun Ukraina davlatini terroristik deb hisoblashga asos bo‘ladi. Va bu Rossiya maxsus operatsiyasi uchun katta dalil.