Toshkentdan Seulga parvozlar soni yana ko‘paydi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent-Seul reyslari haftasiga 5-marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 28-iyun— Sputnik. 1-avgustdan boshlab Toshkentdan Seulga 5-marta – dushanba, seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari parvoz qilish mumkin bo‘ladi.
Uzbekistan Airways “Toshkent – Seul – Toshkent” xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini ko‘paytirmoqda.
Parzovlar jadvali:
Toshkentdan jo‘nab ketish: 22:15 (Toshkent vaqti bilan)
Seulga yetib borish: 08:25 (Seul vaqti bilan)
Seuldan jo‘nab ketish: 10:10 (Seul vaqti bilan)
Toshkentga yetib borish: 13:20 (Toshkent vaqti bilan)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3-maydan boshlab Toshkent-Seul reyslari haftasiga uch marta amalga oshirilishi ma’lum qilingandi. Ayni paytda mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0