Texasda yuk avtomobili ichida 46 nafar migrantning jasadi topildi

© Sputnik / Dmitriy Parshin / Mediabankka o‘tishSotrudniki FBR i politsii u zdaniya Kapitoliya v Vashingtone
Sotrudniki FBR i politsii u zdaniya Kapitoliya v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Texas shtatidagi tashlandiq yuk mashinasi ichidan 46 nafar migrantning jasadi topildi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. AQShning Texas shtatida joylashgan San-Antonio shahri chekkasida tashlandiq yuk mashinasi ichidan migrant ekanligi taxmin qilinayotgan kamida 46 kishining jasadi topildi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
O‘t o‘chirish bo‘limi vakilining ma’lum qilishicha, 16 kishi, jumladan, to‘rt bola kasalxonaga yetkazilgan. Omon qolganlar issiqlik va uzoq vaqt davomida suvsizlikdan aziyat chekkan.
Shtat gubernatori Greg Ebbott mazkur holatning yuzaga kelishiga mamlakat prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyati olib borayotgan immigratsiya siyosatini sabab qilib ko‘rsatdi.

“Bu o‘limlar Baydenning vijdoniga bog‘liq. Bu uning o‘limga olib keladigan ochiq chegara siyosati natijasidir”, deb yozadi Ebbott o‘zining Twitter sahifasida.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp immigratsiya siyosati va chegara nazoratini kuchaytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Boshqa narsalar qatorida, u Meksika bilan chegarada devor qurish tashabbusi bilan chiqdi. Tramp bu chora noqonuniy immigratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasini cheklashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Uning o‘rniga kelgan Jo Bayden o‘tgan yilning yanvar oyida inauguratsiyasidan ko‘p o‘tmay, mamlakatning immigratsiya qonunlarini yumshatish bo‘yicha bir qator farmonlarni imzoladi. Uning davlat rahbari sifatidagi birinchi qadamlaridan biri Tramp tomonidan Meksika bilan chegaradagi vaziyat munosabati bilan joriy etilgan favqulodda holat rejimining bekor qilinishi bo‘ldi. Ushbu qoida AQSh Kongressining fikrini chetlab o‘tib, devor qurilishini moliyalashtirishga imkon berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasining Respublikachilar partiyasidan bir qator a’zolari prezident Jo Baydenning muvaffaqiyanciz migratsiya siyosati tufayli unga impichment e’lon qilinishini talab qilgan edi. Respublikachilarning fikricha, Bayden “AQSh chegarasidagi operativ nazoratni amalda meksikalik jinoiy kartellarga topshirgan”.
Yangiliklar lentasi
0