https://oz.sputniknews.uz/20220628/rossiya-prezidenti-devoni-vakillari-ozbekistonga-tashrif-buyurdi-25719365.html
Rossiya prezidenti devoni vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Rossiya prezidenti devoni vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati O‘zbekiston bilan ta’lim va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan. 28.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-28T17:14+0500
2022-06-28T17:14+0500
2023-04-05T18:38+0500
jamiyat
hamkorlik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18327880_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a19789c1ceb2cbaaee389d343d6e35e4.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha devoni rahbariyati tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi yelchixonasi xabar berdi.Ta’kidlanishicha, ishchi tashrif 23-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya O‘zbekiston hukumati vakillari bilan muzokaralar olib bordi va Rossiya universitetlarining bir qator filiallarida bo‘ldi.Safar davomida ta’lim va gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ilmiy loyihalarni ishlab chiqishda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi va Rossiya universitetlari filiallarining hozirgi holati tahlil qilindi.O‘zbekistonda Rossiya universitetlarida ta’lim olish yuqori talabga ega.Rossiya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 43 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.Rossiya universitetlarining respublikadagi filiallari soni so‘nggi uch yilda 4tadan 14 tagacha ko‘paydi. Toshkentda Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti vakolatxonasi ham ochildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18327880_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8449e1a8b85d904dadcadd5e02f98d3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hamkorlik, rossiya
jamiyat, hamkorlik, rossiya
Rossiya prezidenti devoni vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi
17:14 28.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Rossiya hukumati O‘zbekiston bilan ta’lim va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha devoni rahbariyati tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi yelchixonasi xabar
berdi. Ta’kidlanishicha, ishchi tashrif 23-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya O‘zbekiston hukumati vakillari bilan muzokaralar olib bordi va Rossiya universitetlarining bir qator filiallarida bo‘ldi.
Safar davomida ta’lim va gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ilmiy loyihalarni ishlab chiqishda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi va Rossiya universitetlari filiallarining hozirgi holati tahlil qilindi.
O‘zbekistonda Rossiya universitetlarida ta’lim olish yuqori talabga ega.
Rossiya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 43 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Rossiya universitetlarining respublikadagi filiallari soni so‘nggi uch yilda 4tadan 14 tagacha ko‘paydi. Toshkentda Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti vakolatxonasi ham ochildi.