Mirziyoyev “tonirovka” bo‘yicha qarorni imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
“Bugun haydovchilar va yo‘lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko‘taradigan qarorni imzoladim”, dedi prezident.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “tonirovka” masalasiga to‘xtaldi.
“Har bir islohotimiz, taklif va tashabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uchun.
Shu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi bo‘ladi, degan savol barcha rahbarlarni har kuni, har daqiqa o‘ylantirishi kerak.
Har gal joylarga chiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uchrashib, muammolarini eshitaman, yana qancha aholimizda shunday muammolar borligi haqida o‘ylayman va unga yechim qidiraman.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan masalalardan ham xabardorman.
Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham ko‘plab e’tirozlar to‘planib qolgan.
Shu bois, bugun haydovchilar va yo‘lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko‘taradigan qarorni imzoladim”, dedi prezident.
1 iyuldan boshlab:
- avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul bo‘ladi;
- old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;
- ishlab chiqarilganiga 10-yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ladi.
Endi, 10-yildan 15-yilgacha bo‘lgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15-yildan ortiq bo‘lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
"Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.
Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yo‘qotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha Ishchi guruhi barcha yo‘nalishlarda muntazam ishlayapti.
Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar bo‘yicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi prezident yig‘ilish yakunida.
Yangiliklar lentasi
0