https://oz.sputniknews.uz/20220628/metro-poezdlarning-harakat-tezligi-kamaytiriladi--25712294.html
Metro poyezdlarning harakat tezligi kamaytiriladi
Metro poyezdlarning harakat tezligi kamaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metrosining yerusti yo‘nalishlarida issiq harorat sabab poyezdlar tezligi kamaytiriladi, 28.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-28T13:22+0500
2022-06-28T13:22+0500
2022-06-28T13:22+0500
jamiyat
metro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1c/25711986_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_67f394d203d5ac6a27c8363f09d50113.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toshkent metropolitenining barcha yer usti stansiyalaridagi poyezdlar harakat tezligini kamaytiradi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar qildi.Ushbu holat elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallarga ham ta’sir qiladi. Ya’ni endi poyezdlar bekatlarga sekinroq keladi.Ma’lumot uchun, O‘zgidromet 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishini ma’lum qilgandi.Bunday issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu sabab “O‘ztemir yo‘lyo‘lovchi” rahbariyati poyezdlar tezligiga cheklov kiritdi. Bu orqali poyezdlar belgilangan manzillarga kechikib borish holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari, havo haroratining keskin ko‘tarilishi poyezdlar harakat jadvaliga ham ta’sir o‘tkazdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1c/25711986_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_fa3c52a90770c9adc6691c4f7afacad6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, metro
Metro poyezdlarning harakat tezligi kamaytiriladi
Toshkent metrosining yerusti yo‘nalishlarida issiq harorat sabab poyezdlar tezligi kamaytiriladi,
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toshkent metropolitenining barcha yer usti stansiyalaridagi poyezdlar harakat tezligini kamaytiradi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati
xabar qildi. Qayd etilishicha, havo haroratining keskin isishi sababli, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent metropolitenining barcha yer usti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi soat 12:00 dan 18:00 ga qadar kamaytiriladi.
Ushbu holat elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallarga ham ta’sir qiladi. Ya’ni endi poyezdlar bekatlarga sekinroq keladi.
Ma’lumot uchun, O‘zgidromet 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishini ma’lum qilgandi.
Bunday issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu sabab “O‘ztemir yo‘lyo‘lovchi” rahbariyati poyezdlar tezligiga cheklov kiritdi. Bu orqali poyezdlar belgilangan manzillarga kechikib borish holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari, havo haroratining keskin ko‘tarilishi poyezdlar harakat jadvaliga ham ta’sir o‘tkazdi.