https://oz.sputniknews.uz/20220628/medvedev-qanday-vaziyatda-3-jahon-urushi-boshlanishi-mumkinligini-aytdi-25713345.html
Medvedev qanday vaziyatda 3-jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi
Medvedev qanday vaziyatda 3-jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Medvedev qanday vaziyatda uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi
2022-06-28T15:05+0500
2022-06-28T15:05+0500
2023-04-05T18:38+0500
rossiya
dmitriy medvedev
nato
ukraina
qrim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24476330_0:0:2968:1671_1920x0_80_0_0_42047d88a2a3f674d69c6414eda7647f.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Qrimni egallashga bo‘lgan har qanday urinish Rossiya tomonidan urush e’lon qilingan deb baholanadi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida.Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadan farqli o‘laroq Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi Rossiyaga yangi tahdid tug‘dirmaydi.Medvedevga ko‘ra, NATOdagi Ukraina Rossiya uchun ancha xavfli. Bunga hududiy nizolarning hal etilmagani, shuningdek, hududlar maqomini boshqacha tushunish sabab bo‘lgan.“Ukraina xalqiga nisbatan chuqur hurmatni his qilmaslik mumkin emas. Rossiya fuqarolari ular bilan eng yaqin aloqalar — qarindoshlik, tarixiy, madaniy aloqalar bilan bog‘langan. So‘nggi yillarda ukrainaliklar qiyin kunlarni boshdan kechirishmoqda. Ukraina xalqi bu sinovlarni yengib o‘tadi. Ular o‘zi uchun yaxshiroq kelajak, kuchli rahbarlar, adolatli qonunlar va muvaffaqiyatli iqtisodiy modelni tanlaydi. Va men bu modelning Yevropa Ittifoqi bilan bog‘lanishiga umuman ishonmayman. Bundan tashqari, yana bir bor aytaman, “nomzod” maqomiga qaramay, Ukrainaning u yerga qo‘shilish imkoniyati xayoliydir”, dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
ukraina
qrim
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24476330_124:0:2855:2048_1920x0_80_0_0_fa3a4421937def254f04246e97b7f017.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
medvedev qanday vaziyatda uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi
medvedev qanday vaziyatda uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi
Medvedev qanday vaziyatda 3-jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi
15:05 28.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Medvedev: Ukrainaning NATOga kirishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Qrimni egallashga bo‘lgan har qanday urinish Rossiya tomonidan urush e’lon qilingan deb baholanadi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev
“Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida.
"Biz uchun Qrim Rossiyaning bir qismidir. Va bu abadiy. Qrimga bostirib kirishga har qanday urinish mamlakatimizga qarshi urush e’lon qilishdir. Va agar buni NATOga a’zo bo‘lgan davlat qilsa, bu butun Shimoliy Atlantika alyansi bilan ziddiyat deganidir. Uchinchi jahon urushi. To‘liq falokat", deya ta’kidladi u.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadan farqli o‘laroq Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi Rossiyaga yangi tahdid tug‘dirmaydi.
“Bu davlatlar avvallari Rossiya bilan juda hurmatli va o‘zaro xayrixoh deyish mumkin bo‘lgan munosabatlarga ega edi. Hududiy nizolar va hatto ularga sabab ham yo‘q. Agar ular Ittifoqqa qo‘shilish orqali o‘zlarini yaxshi va xotirjam his qilsalar, omad tilaymiz. NATO Shvetsiya va Finlyandiyasiz ham bizning mamlakatimizga yaqin”, deya qo‘shimcha qildi u.
Medvedevga ko‘ra, NATOdagi Ukraina Rossiya uchun ancha xavfli. Bunga hududiy nizolarning hal etilmagani, shuningdek, hududlar maqomini boshqacha tushunish sabab bo‘lgan.
“Ukraina xalqiga nisbatan chuqur hurmatni his qilmaslik mumkin emas. Rossiya fuqarolari ular bilan eng yaqin aloqalar — qarindoshlik, tarixiy, madaniy aloqalar bilan bog‘langan. So‘nggi yillarda ukrainaliklar qiyin kunlarni boshdan kechirishmoqda. Ukraina xalqi bu sinovlarni yengib o‘tadi. Ular o‘zi uchun yaxshiroq kelajak, kuchli rahbarlar, adolatli qonunlar va muvaffaqiyatli iqtisodiy modelni tanlaydi. Va men bu modelning Yevropa Ittifoqi bilan bog‘lanishiga umuman ishonmayman. Bundan tashqari, yana bir bor aytaman, “nomzod” maqomiga qaramay, Ukrainaning u yerga qo‘shilish imkoniyati xayoliydir”, dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.