Koreyada O‘zbekiston jamoasining ikki a’zosi alohida e’tirof etildi

© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatitaekvondo
taekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal qo‘lga kirib, tarixiy rekord va jamoalar orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari eng yaxshi sportchi va murabbiy nomiga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasiOsiyo chempionatida Jasur Jaysunov va Pavel Xan alohida e’tirof etildi
Osiyo chempionatida Jasur Jaysunov va Pavel Xan alohida e’tirof etildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Osiyo chempionatida Jasur Jaysunov va Pavel Xan alohida e’tirof etildi
24-27 iyun kunlari Koreya Respublikasi taekvondo WT bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionligiga mezbonlik qildi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal qo‘lga kiritdi.
Mazkur turnir bir qator yangi nomlarni kashf qilib berdi. Ular orasida Jasur Jaysunovning ishtiroki mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi.
“-74 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Jaysunov musobaqaning “Eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘z tarixida ilk bor Osiyo birinchiligida 4 ta oltin medal jamg‘argan erkaklar jamoasining ustozi Pavel Xan “Eng yaxshi murabbiy” sifatida tan olindi.
Yangiliklar lentasi
0