To‘tiqushning taqlidi jinoyatni ochishga yordam berdi

© VikipediyaTo‘tiqushning taqlidi jinoyatni ochishga yordam berdi
To‘tiqushning taqlidi jinoyatni ochishga yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna bo‘lish
Bad isimli to‘tiqushning xo‘jayini otib o‘ldirildi. Yagona guvoh qush politsiyaga jinoyatchini topishga yordam berdi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. AQShda to‘tiqush o‘z xo‘jayinining qotilini topishga yordam berdi.
Aytilishicha, 2015-yil 13-may kuni Michigan politsiyasi Durandlar xonadoniga kelib, er-xotinlarni qonga belangan holatda aniqladi.
46 yoshli Martin Durand quroldan beshta o‘q yegan, uning rafiqasi Glenna esa boshidan jarohat olib, mujiza tufayli omon qoldi. U kasalxonaga yotqizildi va u yerda salomatligini to‘liq tikladi.
Jinoyatga guvohlar yo‘qligi, ustiga-ustak qo‘shnilar ham hech narsa eshitishmagani tufayli, politsiya qotilni qidirishni boshlashga qaror qildi.
Qotillik sodir etilgan kuni er-xotin bilan xonada Martinning Bad ismli Afrika kulrang to‘tiqushi ham bo‘lgan. Qush Martinning sobiq xotini Kristina Keller bilan yashashga yuborilganidan so‘ng, gapirishni boshlagan.
Kristina qush sobiq erining ohangida gaplasha boshlaganini eshitganida dahshatga tushdi.

U "Otmang!" so‘zini tez-tez takrorlagan va huddi o‘ldirilgan xo‘jayini kabi urishib ketgan.

Bir kuni esa, ikki xil odamni taqlid qilib, Martin va Glenna o‘rtasidagi jinoyat kunida sodir bo‘lgan janjalni takrorladi.
Sudda to‘tiqushning "guvohligidan" foydalanishmadi, ammo ular politsiyachilarni Martinning o‘limida uning turmush o‘rtog‘i aybdor ekanligiga ishontirishdi.
Keyinchalik Glennaning o‘yinga berilib ketgani, buning oqibatida oilaviy budjetdan ko‘p pul yo‘qotilgani aniqlandi. Aytilishicha, bu holat ular yashab turgan xonadonni qarzdorlik uchun hibsga olinishiga olib kelgan.
Hisob-kitoblarni Glenna amalga oshirgani uchun Martin bu haqda hech narsa bilmagan.
Ayol uzoq vaqt davomida antidepressant vositalarini qabul qilib yurgan. Turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishdan bir necha kun oldin esa ularni ichishni to‘xtatgan.
Fojeadan ikki yil o‘tgachgina, Glenna Duram birinchi darajali qotillikda aybdor deb topildi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Jinoyatchining asosiy guvohi esa Kristina Keller bilan qoldi.
Qo‘ng‘ir rang to‘tiqush ongli tarzda dialog olib borish jihati bilan ajralib turadi. Ularni “qushlar dunyosidagi Eynshteyn” deb ham atashadi.
Yangiliklar lentasi
0