https://oz.sputniknews.uz/20220627/ozbekistonlik-taekvondochi-yigitlar-tarixiy-natija-qayd-etdi-25686770.html
O‘zbekistonlik taekvondochi yigitlar tarixiy natija qayd etdi
O‘zbekistonlik taekvondochi yigitlar tarixiy natija qayd etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2022-06-27T13:33+0500
2022-06-27T13:33+0500
2022-06-27T13:33+0500
sport
taekvondo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1b/25687648_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_d1fe55c41800b1ce7581786b1acf999b.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 27-iyun kuni Koreyada taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetgan. Musobaqaning so‘nggi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Shuhrat Salayev qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan.Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur qit’a birinchiligini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlagan. Ahamiyatli tomoni, erkaklar terma jamoasi 4 ta oltin medal bilan musobaqa mezbonlarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan.Qayd etish joiz, terma jamoa qit’a birinchiliklarida shu paytgacha 4 ta oltin medal qo‘lga kiritmagan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1b/25687648_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_b85c294a5d8e5443c3108ad2503dea50.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik taekvondochi yigitlar tarixiy natija qayd etdi
o‘zbekistonlik taekvondochi yigitlar tarixiy natija qayd etdi
O‘zbekistonlik taekvondochi yigitlar tarixiy natija qayd etdi
O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini vo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, bugun, 27-iyun kuni Koreyada taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetgan. Musobaqaning so‘nggi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Shuhrat Salayev qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan.
“Taekvondochimiz finalda Tokio-2020 kumush medal sohibi iordaniyalik Solih El Sharabati bilan to‘qnash keldi. Birinchi raundda Salayevning, ikkinchi bo‘limda raqibning g‘alabasi qayd etildi. Hal qiluvchi raundda Salayev 0:5 hisobida ortda borayotganiga qaramasdan kuchli xarakter ko‘rsatib, 8:7 hisobida bellashuv taqdirini o‘z foydasiga hal qila oldi. Ayniqsa, so‘nggi 2 soniyada 2 ochkolik zarba bilan g‘alabani “ilib” ketgani butun musobaqaning eng dramatik lahzasi bo‘ldi, deyish mumkin”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur qit’a birinchiligini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlagan. Ahamiyatli tomoni, erkaklar terma jamoasi 4 ta oltin medal bilan musobaqa mezbonlarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan.
Qayd etish joiz, terma jamoa qit’a birinchiliklarida shu paytgacha 4 ta oltin medal qo‘lga kiritmagan edi.