O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni oshdi

© Sputnik / Aleksandr KrajevTest na koronavirus
Test na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p kasallik Toshkent shahri (47 nafar) va Farg‘onada (21 nafar) aniqlandi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi bir sutkada yana 133 nafar kishi koronavirusga chalindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
26 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240478 (+133) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
13 nafari Samarqand viloyatida,
4 nafari Sirdaryo viloyatida,
21 nafari Farg‘ona viloyatida,
5 nafari Xorazm viloyatida,
8 nafari Toshkent viloyatida,
47 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Surxondaryo viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkentda esa 11 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237903 (+21) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0