O‘zbekiston savdo aylanmasining yuqori hajmi Rossiya bilan qayd etildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBirja
Birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna bo‘lish
Respublika tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya bilan qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.
Aytilishicha, respublika tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi (33,6%) MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Yanvar-may oylarida MDH davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7%ga kamaydi.
Boshqa xorijiy davlatlar ulushi esa mos ravishda 2,7%ga oshib, 66,4%ga yetdi.
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi yanvar-aprel holatiga ko‘ra 27,3%ga o‘sdi va 6,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Eksport – 32,4%ga o‘sdi-1 2,4 mlrd dollar
Import– 24,7%ga o‘sdi- 4,5 mlrd dollar
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (47,0%), Qozog‘iston (25,4%) hamda Qirg‘iz Respublikasi (6,3%) davlatlari bilan qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar-may oylarida 20,5 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0