Endi “Afrosiyob” “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida ham qatnaydi

© Unsplash / Abdul RaazSkorostnoy poyezd "Afrosiab"
Skorostnoy poyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna bo‘lish
Yangi poyez qatnovi tufayli “Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Buxoro” harakat jadvali o‘zgardi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. 8 iyuldan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
“Afrosiyob” elektropoyezlarining harakat jadvali:
780 sonli elektropoyezd har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan;
779 sonli elektropoyezd esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.
Shu sanadan boshlab, bugungi kunda “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.
“Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanadigan 764-sonli elektropoyezd har kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan,
“Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 763-sonli elektropoyezd soat 16:15 da Samarqand vokzalidan,
“Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56 da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
10 iyuldan boshlab xaftaning xar yakshanba kuni “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0