Bugun O‘zbekistonda havo harorati +45 darajagacha ko‘tariladi
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroyka v odnoy iz visotok Tashken-siti priostanovlena iz-za palyashego solnsa
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
Kuning isishiga qaramay, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, shimolda ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar berdi.
"Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi", deyiladi xabarda.
Aytilishicha, bugun shimol, janub va cho‘l zonalarida havo harorati +45 darajagacha, Toshkentda esa havo harorati +41 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat + 27-32 daraja bo‘ladi.
27-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududida issiq havo harorati saqlanib, maksimal havo harorati:
27-28 iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida +42-44 darajagacha;
27-29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +43-45 darajagacha;
27-29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +40-42 darajagacha;
27-29 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda;.
27 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Toshkentda eng issiq harorat 1997-yil 18-iyulda ro‘yxatga olingan. O‘shanda termometr ustunchasi poytaxtda +44,6 daraja issiqni qayt etgan. Nukusda esa eng yuqori havo harorati 2002-yil avgust oyida kuzatilgan (+46.8°S).